» » Rossiyadagi 26 ta OTM talabalari o‘qishini O‘zbekistonga imtihonsiz ko‘chirishi mumkin (ro‘yxat)

Rossiyadagi 26 ta OTM talabalari o‘qishini O‘zbekistonga imtihonsiz ko‘chirishi mumkin (ro‘yxat)


Vazirlar Mahkamasining 2019-yilning 27-apreldagi qarori bilan talabalar o‘qishini ko‘chirish tartibiga ham o‘zgarish kiritildi.

Xalqaro tan olingan tashkilotlarning OTMlar reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatidan joy olgan Rossiya OTMlarida ta’lim olayotgan talabalarning arizalariga muvofiq ularning o‘qishi O‘zbekiston OTMlariga sinovlarsiz, ya’ni test, yozma ishsiz to‘lov-kontrakt asosida ko‘chirilishi belgilandi.

Yangi tartibga ko‘ra, endilikda TOP-1000 dan joy egallagan Rossiyadagi OTMlarda tahsil olayotgan talabalar hech qanday to‘sqinliklarsiz, qo‘shimcha imtihonlar topshirib o‘tirmasdan, shunchaki ariza berish orqali o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirishlari mumkin.

Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev O‘zbekistonda tan olinadigan QS, ARWU va THE xalqaro reytinglarida kuchli 1000 talikka kirgan Rossiya OTMlari ro‘yxatini shakllantirib chiqib, Rossiyaning quyidagi 26 ta OTMlaridan o‘qishni imtihonsiz ko‘chirish mumkin ekanligini aniqladi:

Ma’lumot o‘rnida: yuqoridagi ro‘yxat har yili qayta tasdiqlanadi (ko‘payishi yoki kamayishi mumkin).

Mavzuga doir: O‘zbekistonda endi maqsadli qabulga topshirish uchun o‘sha hududning diplomi talab etilmaydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 12:44)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют