» » O‘zbekiston Davlat raqobat qo‘mitasi va Jahon banki kichik biznesni rivojlantirish borasida hamkorlik qiladi

O‘zbekiston Davlat raqobat qo‘mitasi va Jahon banki kichik biznesni rivojlantirish borasida hamkorlik qiladi


Joriy yilning 15-mart kuni Davlat raqobat qo‘mitasida Jahon banki missiyasi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, xususan, tadbirkorlik subyektlariga Kafolat fondi orqali yordam berish borasida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv Jahon banki tomonidan tayyorlanayotgan ish o‘rinlarini kengaytirish va zamonaviy iqtisodiyot nuqtai nazaridan amaliy ko‘nikmalarni yanada yaxshilash loyihasi doirasida o‘tkazildi.

Muzokaralar davomida Jahon banki mutaxassislari tomonidan kichik tadbirkorlikni rivojlantirish aholi bandligini oshirishning samarali mexanizmi ekani e’tirof etildi. Shu borada, Kafolat fondining tuzilishi kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va unga ko‘maklashishga yo‘naltirilganiga yuqori baho berildi. Kelajakda Jahon banki mutaxassislarini ushbu fond bilan yaqindan hamkorlik qilishga qiziqish uyg‘otgani bildirildi.

Amaliy ko‘mak sifatida kichik biznesni rivojlantirish va Kafolat fondi salohiyatini oshirish uchun Jahon bankining kreditlaridan foydalanish masalasi gaplashib olindi.

Tomonlar, shuningdek, Jahon bankini Kafolat fondi ta’sischilari tarkibiga kiritish masalasini ham ko‘rib chiqdi.

Ma’lumot o‘rnida, Kafolat fondi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-fevraldagi qaroriga muvofiq tuzilgan bo‘lib, uning ustav kapitali 100 milliard so‘mga teng bo‘lib, 22 ta ta’sischi o‘rtasida taqsimlangan.

Опубликовано: admin (17-03-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют