» » 2019-yilda Toshkentda “konvert” usulida ish haqi olgan 49 mingdan ziyod fuqaro rasman ish bilan ta’minlandi

2019-yilda Toshkentda “konvert” usulida ish haqi olgan 49 mingdan ziyod fuqaro rasman ish bilan ta’minlandi


Toshkent shahrida 49 ming 610 nafar fuqaro daromad solig‘i to‘lovchisiga aylandi, deb xabar beradi Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati “Daryo”ga.

Joriy yilning o‘tgan davrida Toshkent shahrida turli sohalarda noqonuniy ravishda ishlayotgan 49 ming 610 nafar fuqaro jismoniy shaxslarning daromad solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ya’ni, tadbirkorlar yangi soliq konsepsiyasi bergan imkoniyatlarni yaxshi anglagan holda norasmiy yollangan fuqarolar bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomasini ramiylashtirmoqda. Natijada soliq bazasi kengaymoqda.

Ma’lumot uchun aytish joizki, joriy yilning o‘tgan davrida Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilgan ko‘zdan kechirish, tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari natijasida sanoat korxonlarida ishlayotgan 21 ming 140 nafar, qurilish korxonalaridagi 5 ming 80 nafar, chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish korxonarida 8 ming 853 nafar, transport va xizmat ko‘rsatish korxonalarida faoliyat yuritayotgan 1 ming 869 nafar, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan norasmiy ravishda yollangan 1 ming 935 nafar va boshqa korxonalarda ishlayotgan 10 ming 733 nafar fuqaro jismoniy shaxslarning daromad solig‘i to‘lovchisiga aylandi.

“Endilikda, ushbu fuqarolarning huquqiy manfaatlari qonun doirasida himoyalanishi bilan birga, ularning kelajagi uchun zamin hozirlandi. Ya’ni, keksayganda nafaqaga chiqishda ortiqcha muammolar paydo bo‘lmaydi, aksincha ular rasmiy faoliyat yuritganliklari evaziga yanada ko‘proq nafaqa oladi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют