» » Islom Karimov nomidagi memorial majmua Cadillac avtomobilini Prezident Administratsiyasiga topshiradigan bo‘ldi

Islom Karimov nomidagi memorial majmua Cadillac avtomobilini Prezident Administratsiyasiga topshiradigan bo‘ldi


Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Transport qismi xizmat avtomashinalaridan samarali foydalanish maqsadidagi farmoyishi qabul qilindi, deb xabar berdi “Kun.uz”.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Moliyaviy-xo‘jalik departamenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy memorial majmuaning:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy memorial majmua tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Transport qismiga 2016-yilda ishlab chiqarilgan, foydalanishda bo‘lgan Cadillac XTS avtomashinasini;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Transport qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy memorial majmuaga 2018-yilda ishlab chiqarilgan, foydalanishda bo‘lgan Lacetti avtomashinasini topshirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.

O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov 27 -aprel kuni bu haqdagi hujjatni imzoladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют