» » Zafar Hoshimov mineral suv importiga boj to‘lovining oshirilishi haqida: Bojxona bunday choralarga qarshi turishi kerak

Zafar Hoshimov mineral suv importiga boj to‘lovining oshirilishi haqida: Bojxona bunday choralarga qarshi turishi kerak


“Korzinka.uz” asoschisi Zafar Hoshimov Davlat bojxona qo‘mitasining mineral suv importiga boj to‘lovlarini oshirish haqidagi taklifini qoraladi. Uning fikricha, “bojxona qo‘mitasi kabi idoraning ushbu majburiyatlarni ko‘tarish harakati ayniqsa g‘alati”.

Har qanday import qilingan mineral yoki stol suvi eng qimmat mahalliy suvdan kamida bir necha marta qimmatroq. Tovarga pul to‘lab uni sotishgacha bo‘lgan barcha savdo operatsiyalari bo‘yicha moliyaviy xarajatlar haqida gapirmay, minglab kilometr masofani bosib o‘tish narxini va mavjud bo'lgan juda yuqori tariflarni tasavvur qiling-a?

Evian va Vittel kabi suvlarning yarim litri chakana narxi 20 ming so‘m, yaqin xorijdan import va savdo shartnomalari mavjudligi tufayli Borjomi va Yessentuki suvlariga buning aloqasi yo‘q, biroq ularning yarim litri ham 10 ming so‘m atrofida turadi. Bu esa bunday suvlarning eng qimmat mahalliy muqobili narxidan ikki baravrdan ko‘proq qimmat degani. Agar “sog‘lom raqobat uchun” yana boj to‘lovini oshirish kerak bo‘lsa, ushbu narx imtiyozi bizning ishlab chiqaruvchilarimizga yetarli emas ekanda?

Agar import tariflarini oshirish bo‘yicha ushbu taklif Moliya vazirligi yoki Iqtisodiyot vazirligidan kelib chiqqanida, ehtimol, lobbi yoki davlat budjetini to‘ldirish uchun qilinayotgan aqlli harakat fenomeni haqida gap ketgan bo‘lardi. Har ikkala idorada ham yaxshi tushunishadiki, davlat bojini 50 foizga oshirib, tushumni kutish yaramaydi. Aksincha, bunday soliq stavkasi bilan mineral suvlarning barcha importi yana endigina ular chiqib kelgan noqonuniy olib kirish zonasiga ketadi.

Shuning uchun bojxona qo‘mitasi kabi idoraning ushbu majburiyatlarni ko‘tarish harakati ayniqsa g‘alati ko‘rinadi va agar barcha importlar yuqori boj evaziga yana “soya bozori”ga o‘tsa sog‘lom raqobat yoki iste’molchilarni past sifatli mahsulotlardan himoya qilish haqidagi asoslar bema’nilikdir.

Bojxona idorasidagilar buni tushunmaydimi? Nazariy jihatdan, bojxona bunday choralarga qarshi turishi kerak. Import tariflarining deyarli taqiqlangan stavkalari bilan noqonuniy importni bunday faol rag‘batlantirishdan bojxona qanday manfaat ko‘radi?

Zafar Hoshimov, tadbirkor, “Korzinka.uz” asoschisi.

Mavzuga doir: Davlat bojxona qo‘mitasi mineral suv importiga bojxona bojlarini oshirishni taklif qilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют