» » Iqtisodchi Yuliy Yusupov mineral suv importiga bojxona to‘lovini oshirish haqidagi taklifga munosabat bildirdi

Iqtisodchi Yuliy Yusupov mineral suv importiga bojxona to‘lovini oshirish haqidagi taklifga munosabat bildirdi


Mustaqil iqtisodchi-ekspert Yuliy Yusupov Davlat bojxona qo‘mitasining mineral suv importiga bojxona bojlarini oshirish taklifi yuzasidan fikr bildirdi.

“2019-yil 1-yanvardan bojxona rejimi liberallashtirilgandan so‘ng proteksionistlar va lobbistlarning hujumi davom etmoqda. Turli manfaatdor guruhlar barcha haqiqat va nohaqliklar bilan muayyan tovar guruhlariga bojxona to‘lovlarini oshirishga harakat qilmoqda.

Mineral suv uchun bojxona bojini 30 foizdan 50 foizga oshirish va litr uchun $0,25 minimal chegarani belgilash taklif etiladi (hozirda minimal chegara yo‘q).

Bu bozorda raqobatni zaiflashtiradi (va muqarrar ravishda mahsulot sifatini yomonlashtiradi, uning qiymatini oshiradi), kontrabanda, yashirin iqtisodiyot va korrupsiya darajasini oshiradi (bojxona, chakana tekshiruvlarda).

Bundan tashqari, bularning barchasi nima uchun qilinayotgani yuzasidan berilayotgan izohlardan ko‘ngling yumshab ketadi. Bu chora-tadbirlar “sog‘lom raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlash, ichki bozorni sifatli iste’mol tovarlari bilan ta’minlash” maqsadida taklif etilmoqda. Ajoyib mantiq.

Ushbu mantiqqa muvofiq, O‘zbekistondagi eng sog‘lom raqobat muhiti va eng yuqori sifatli mahsulotlar — avtomobil bozorida”, — deb yozadi Yuliy Yusupov.

Mavzuga doir: Davlat bojxona qo‘mitasi mineral suv importiga bojxona bojlarini oshirishni taklif qilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют