» » Yaponiya imperatori rasman taxtdan voz kechdi

Yaponiya imperatori rasman taxtdan voz kechdi


Yaponiya imperatori Akixito iste’foga chiqayotganini e’lon qilib, uni mamlakat ramzi sifatida tan olib, qo‘llab-quvvatlagan xalqiga minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

85 yoshli monarx bu haqida uning xayrlashuv marosimini efirga uzatayotgan milliy telekanallar orqali xalqiga murojaat qilib aytgan.

Marosim imperator saroyida bo‘lib o‘tgan.  Unda 300 kishi, jumladan, imperator xonim Mitiko va imperatorning oila a’zolari, bosh vazir Sindzo Abe va mahkama a’zolari, parlamentning ikkala palatasi raislari,Oliy sud sudyasi, mahalliy boshqaruv organlari vakillari qatnashgan.

“Meni mamlakat ramzi deb olgan va qo‘llab-quvvatlagan xalqimga chin dildan minnatdorchilik bildiraman. O‘z imperatorlik vazifamni xalqimga muhabbat va ishonch hissi bilan bajarganimdan juda ham baxtliman”, —deydi Akixito.

Marosimda qatnashgan mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe ham o‘z o‘rnida imperatorga xalqi uchun jon kuydirib ishlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.

“Imperator, belgilangan qonunlarimizga ko‘ra, bugun iste’foga chiqdi”, – deydi Abe.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya imperatori Akixitoga maktub yo‘llagani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston rahbari o‘z maktubida imperator Akixitoning “Xeysey” deb nom olgan hukmronlik davri butun dunyoda ulkan muvaffaqiyatlar  — Yaponiya mustahkam tinchlik va har tomonlama taraqqiyotga erishgan, iqtisodiy jihatdan yetakchi davlatlar qatoriga kirgan, global jarayonlardagi nufuzi va roli salmoqli darajada yuksalgan davr bo‘lganini ta’kidlagan.

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya imperatoriga O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasida do‘stlik, hurmat va ishonch asosida o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga qaratgan shaxsiy e’tibori va ko‘magi uchun samimiy minnatdorlik bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют