» » Germaniyalik kinooperator O‘zbekkino vakillaridan 65 ming yevro talab qildi

Germaniyalik kinooperator O‘zbekkino vakillaridan 65 ming yevro talab qildi


Dunyoga mashhur operatorlardan biri bo‘lgan Maks Suy “O‘zbekkino” milliy agentligiga norozilik bildirib xat yo‘lladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Maks o‘z xatida o‘zbekistonlik ijodkor yozuvchi, prodyuser va ssenariynavist Anvar Irgashev hamda prodyuser Yuliya Medvedovskaya uni yangi “Geroy” loyihasiga postanovkachi rejissyor sifatida chaqirishga va’da bergani, lekin oradan bir necha oy o‘tsa-da, loyihaga uni jalb etmaganliklarini bayon qilgan.

Maks Suyning yozishicha, bu bo‘yicha muzokaralar Belarusda bo‘lib o‘tishi va’dalashilgan. Loyihaning moliyalashtirish ishlari hal bo‘lmagach, Anvar Irgashev va Yuliya Medvedovskaya Maksni loyihaga chaqirmagan.

Maks Suy og‘zaki kelishuvga ko‘ra “Geroy” loyihasiga chaqirilishiga ishonib, boshqa shartnomalarni bekor qilgan. Endilikda operator Maks mazkur kelishuvning amalga oshmaganidan 65 ming yevro miqdorida mablag‘ yo‘qotganini bildirib, bu pullarni o‘zbekistonlik ikki ijodkor to‘lab berishini talab qilmoqda.

Maks Suy turli kompaniyalar bilan hamkorlikda ishlagani va o‘zining jahon kinosanoatidagi mavqeiga ishora qilib, uning aldangan va bekor o‘tkazgan vaqti shuncha narxga teng ekanini yozgan.

U “O‘zbekkino” milliy agentligiga hurmatini izhor qilib, agentlik rahbari Furqat Zokirovdan bu ishga befarq bo‘lmaslikni so‘ragan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют