» » Toshkentdagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi ikkinchi qavatdan nima sababdan sakragani ma’lum bo‘ldi

Toshkentdagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi ikkinchi qavatdan nima sababdan sakragani ma’lum bo‘ldi


29-aprel kuni Toshkentdagi 17-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchisi maktab binosining ikkinchi qavatidan sakrab tan jarohati olgani haqida xabar berilgandi. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati ushbu holat nima sababdan sodir bo‘lganini “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 9-sinfda o‘qiydigan M.R. ismli qiz 2019-yilgi chorak darslarini yaxshi o‘zlashtirmagan va darslardan barvaqt bir necha marotaba uyiga ketib qolgan. Bu haqda uning ota-onasiga ma’lum qilingan. Qizining xulq-atvoridagi o‘zgarishlar bo‘yicha suhbatlashish maqsadida uning onasi maktabga tashrif buyurgan.

Bundan xabar topgan M.R. maktabning 2-qavat tashqi oynasidan chiqib ketish maqsadida tushayotgan vaqtida ehtiyotsizligi oqibatida yerga yiqilgan. Natijada u “bel umurtqa pog‘onasining 3, 4, 5 kompresion qismidan sinishi, o‘ng tovon suyagi yopiq sinishi, chap tovon sohasi yumshoq lat yeyishi, o‘ng ko‘z atrofida qizarish, travmatik shok 2-daraja” tashxisi bilan jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют