» » Surxondaryo viloyatiga hokim tasdiqlandi

Surxondaryo viloyatiga hokim tasdiqlandi


1-may kuni Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zA.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan To‘ra Bobolov nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya qildi.

To‘ra Bobolov 1970-yilda tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini viloyat davlat mulki boshqarmasida hisobchilikdan boshlagan. Keyinchalik Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi, viloyat hokimligida hududlarni kompleks rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Xalq deputatlari qo‘llab-quvvatloviga ko‘ra To‘ra Bobolov viloyat hokimi etib tasdiqlandi.

To‘ra Bobolov Surxondaryoning iqtisodiy-ijtimoiy sharoitini yaxshi bilishi, viloyat xalqi, tuman hokimlari va sektorlar rahbarlari hamjihat bo‘lib, belgilangan vazifalarni to‘la bajarishiga ishonch bildirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют