» » Onlayn auksion orqali avtomobil raqamlari sotuvi kamaydi

Onlayn auksion orqali avtomobil raqamlari sotuvi kamaydi


22—28-aprel kunlari “O‘zRTXB” AJ da 1,04 trillion so‘mlik bitimlar tuzildi, ya’ni avvalgi haftaga nisbatan deyarli o‘zgarmadi. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 507,8 milliard so‘mni tashkil etdi, deb xabar beradi Tovar xomashyo birjasi matbuot xizmati.

Shu jumladan birja savdolarining hajmi 939,2 milliard so‘mdan 945,3 milliard so‘mga oshdi. Valyuta savdo maydonchasi orqali 2,3 million AQSh dollarga teng tovarlar sotilib, o‘sish 11% ni tashkil etdi. Eksport tarkibida neft mahsulotlari 77% va polietilening turli markalari 23 foizni egalladi.

Ko‘rgazma-yarmarka savdolar haftalik hajmi 21,8 milliard so‘mni tashkil qildi. Kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar 3,1 milliard so‘mni yoki tuzilgan bitimlarning 14,4 foizni egaladi.

O‘tgan haftada davlat xaridlari bo‘yicha “xarid.uz” maxsus axborot portalida 75,4 milliard so‘mlik bitimlar tuzildi. Byudjet va korporativ buyurtmachilarning pul mablag‘ini tejalishi 14,3 milliard so‘mni tashkil etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 675 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,4 milliard so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 14 foiz birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 47 foiz ikkinchi va 39 foiz uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют