» » O‘zbekistonda onlayn auksionda 5 kun davomida qariyb 4 mlrd so’mlik avtomobil raqamlari sotildi

O‘zbekistonda onlayn auksionda 5 kun davomida qariyb 4 mlrd so’mlik avtomobil raqamlari sotildi


O‘tgan hafta mobaynida onlayn auksion orqali 869 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,9 milliard so‘mdan oshdi. Bu haqda Spot Tovar-xomashyo birjasi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 26% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 47% ikkinchi va 27% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 26% ga teng.

Keyingi o‘rinda Samarqand viloyatining avto havaskorlari 12% ulush bilan joylashdi. Uchinchi o‘rin Farg‘ona avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, ulushi 10% ni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 52% ga teng.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2018, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют