WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Namanganda maktab va bog‘chalarga yaqin joylarda yangi yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda (foto)
Namanganda maktab va bog‘chalarga yaqin joylarda yangi yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda (foto)
Namangan viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan yangi yo‘l belgilari o‘rnatilib, yo‘l chiziqlari chizilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga boshqarma matbuot xizmati ma’lum qildi.
Jumladan, maktab va bog‘chalarga yaqin piyodalar o‘tish joylarida sun’iy yo‘l notekisliklari tashkil etilmoqda. Ular haydovchilar tezlikni pasaytirib, hushyorligini oshirishiga xizmat qilishi kutilmoqda.
Shuningdek, viloyatdagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida maxsus yo‘l harakati xavfsizligi maydonchalari tashkil etilmoqda.
Xonalarning ichki qismlariga harakat xavfsizligi burchaklari o‘rnatilib, yo‘laklarda yo‘l harakati qoidalari va yo‘l belgilari aks ettirilmoqda.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?