2019-yil 1-maydan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgardi?
Norma 2019-yilning 1-mayidan qonunchilikda yuz bergan o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.
Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovining miqdorlari oshirildi. Ilgarigidek, bolalar bog‘chasi joylashgan joy va uning ish rejimi summaga ta’sir ko‘rsatadi. 2018–2019-yillardagi stavkalarning solishtirma tahlili — bu yerda.
Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasi (bundan keyin — Uyushma) a’zolariga qo‘shimcha talablar amal qila boshladi. Xususan, Uyushma a’zolari – qizilmiya ekstrakti ishlab chiqaruvchilari 2024-yil 1-yanvargacha har yili 100 gektardan kam bo‘lmagan maydonda qizilmiya plantatsiyalarini tashkil etishlari shart.
Qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalar ham nazarda tutilgan:
Xotin-qizlarning mehnat huquqlari va tadbirkorlik faoliyatiga oid masalalarda yangi qoidalar:
Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati xodimlarining lavozim maoshlarini belgilashda yagona tarif setkasi bo‘yicha tasdiqlangan tarif koeffitsiyenti 1,4 baravarga, hududiy bo‘linmalarda 1,2 baravarga oshirildi.
Fuqarolar yig‘inlari raislari va mas’ul kotiblarining oylik mehnatga haq to‘lash fondi 1-maydan 1,25 baravarga oshirildi (ikkinchi indeksatsiya 1-oktabrda amalga oshiriladi – 1,2 baravarga).
O‘tgan yildan jismoniy shaxslarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylariga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi o‘tkazila boshladi. Bunda bir qator shartlar amal qildi, aksiya o‘tkazish tartibi — bu yerda. Ushbu tadbir muddati 1-mayda tugadi.
Sud boshqaruvchilarining ishi takomillashtirilmoqda:
birinchidan, soliq organining arizalari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan bankrotlikning soddalashtirilgan taomillarini o‘tkazishda sud boshqaruvchisi soliq organi xodimlari orasidan tayinlanmaydi;
ikkinchidan, soliq organining arizalari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan bankrotlikning soddalashtirilgan taomillarini o‘tkazishda:
uchinchidan, sud boshqaruvchilarining faoliyati “fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish” ixtisoslashuvi bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan va sud boshqaruvchisi attestatini olgan advokatlar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin;
to‘rtinchidan, sud boshqaruvchilarini tayinlash kreditor (kreditorlarning umumiy yig‘ilishi yoki qo‘mitasi) yoki bankrotlik ishlari bo‘yicha vakolatli davlat organi yoxud Assotsiatsiya va uning hududiy tuzilmalari taqdimnomasi bo‘yicha ular faoliyatini reyting baholashni hisobga olgan holda sud tomonidan amalga oshiriladi.
Yog‘och-payraha plitalar va yog‘ochdan yasalgan shunga o‘xshash plitalar yoki qatron yoki boshqa organik bog‘lovchi moddalar shimdirilgan yoki shimdirilmagan boshqa yog‘ochsimon materiallarni (TIF TN kodi 4410, 4410 11 300 0 dan tashqari) chetdan keltirishda yuridik shaxslarni import bojxona boji va QQS to‘lashdan ozod qilish tarzidagi 2003-yildan buyon amal qilib kelgan imtiyoz bekor qilindi.
O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali charm va mo‘yna xomashyosini olib chiqishni monitoring qilish tartibi joriy etildi.
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
