» » Toshkent viloyati uchun elektr ta’minoti yo‘q vaqtda ham vaksinalarni saqlovchi omborxona qurildi

Toshkent viloyati uchun elektr ta’minoti yo‘q vaqtda ham vaksinalarni saqlovchi omborxona qurildi


UNICEF va Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent viloyati uchun zamonaviy sovutgichlar bilan jihozlangan vaksinalar omborxonasini ishga tushirdi. Bu haqda “Daryo”ga UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ma’lum qildi.

UNICEF va GAVI (Vaksinalar va immunizatsiya bo‘yicha global alyans) —tashkiloti tomonidan 2018-yili O‘zbekistonga ajratilgan 22 million dollarlik grant hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda jami 21 ta vaksina saqlash omborxonalarini qurish va ularni jihozlash belgilangan.

“Ushbu omborxonalarning qulayligi — hamma vaksinalarni bitta joyda saqlash mumkin. Avvallari elektr energiyasidan 6 soatdan ortiq uzilish bo‘lsa, vaksinalarni boshqa joyga ko‘chirishga majbur bo‘lardik. Yangi omborda esa elektrdan uzilish bo‘lganda, avtomatik ravishda generator ishga tushadi”, — dedi Toshkent viloyati Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bo‘lim mudiri Nasiba Toirova.

Yangi vaksinalar omborxonasi bir yoshgacha bo‘lgan 64 400 bolani emlashga yetarli bo‘lgan 31 000 litr, ya’ni 440 kub metr hajmdagi vaksinalarni saqlash imkonini beradi. Ichida yurish mumkin bo‘lgan ikkita sovutgich kameralarda vaksinalarni sifatli saqlash uchun zarur bo‘lgan Selsiy bo‘yicha 2—8 daraja sovuq doimiy ravishda ushlab turiladi. 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning soni oshganini inobatga olgan holda yangi omborxona hajmi avvalgisiga nisbatan ikki barobar kattalashgan.

Respublika Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh shifokori Bahrom Alimatovning aytishicha, shu vaqtga qadar mavjud vaksina omborlari ehtiyojning 50 foizini qoplagan xolos. Barpo etilayotgan yangi omborxonalar talabni to‘liq qondirishga imkoniyat yaratadi.

“Gap vaksinalarning xavfsizligi to‘g‘risida ketar ekan, ularni yetkazib berishni va logistikani boshqarish juda muhim rol o‘ynaydi. Mazkur sovuqlik ombori kelgusida uzluksiz ishlashi malakali xodimlar va hukumatning ushbu tizimni boshqarish va uning ishlashini ta’minlash uchun zarur sarmoyalar kiritish borasidagi majburiyatiga bog‘liq bo‘ladi,” — dedi UNICEF’ing O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют