» » Abdulaziz Komilov Eron oliy diniy rahbarining maxsus vakili bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Eron oliy diniy rahbarining maxsus vakili bilan uchrashdi


Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lib turgan Eron oliy diniy rahbarining maxsus vakili, Tashqi aloqalar bo‘yicha strategik kengash raisi Kamol Xarroziy bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbatda O‘zbekiston —Eron kun tartibidagi masalalar hamda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar muhokama qilindi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlik qilishga o‘zaro qiziqish mavjudligi tasdiqlandi.

BMT, ShHT, IHT va boshqa tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Eron tomoni 2020-yilda IHTning Fan va texnologiyalar bo‘yicha Toshkent shahrida o‘tkaziladigan ikkinchi sammitida ishtirok etishini tasdiqladi.

Tomonlar tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarni va Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazishni qo‘llab-quvvatladi.

Mintaqaviy masalalar bo‘yicha fikr almashish chog‘ida “Mozori-Sharif — Hirot” temir yo‘lini qurish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi, O‘zbekiston — Turkmaniston — Eron — Ummon transport yo‘lagi to‘g‘risidagi shartnomani to‘laqonli amalga oshirishning mintaqalararo aloqalarni mustahkamlashda tutadigan muhim ahamiyati qayd etildi.

Uchrashuvda turistik va madaniy-gumanitar almashuvlar ko‘lamini oshirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Muzokaralarda Eron elchisi Bahman Do‘rmoniy ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 102) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют