» » Ufada ikki nafar xorij fuqarosi maxsus saqlab turish markazidan qochib ketdi. Ulardan biri O‘zbekiston fuqarosi ekanligi aytilmoqda (video)

Ufada ikki nafar xorij fuqarosi maxsus saqlab turish markazidan qochib ketdi. Ulardan biri O‘zbekiston fuqarosi ekanligi aytilmoqda (video)


Rossiyaning Ufa shahrida joylashgan Xorijlik fuqarolarni vaqtincha uslab turish markazidan ikki nafar gumonlanuvchi qochib ketdi. Ulardan biri O‘zbekiston fuqarosi ekanligi aytlimoqda, deb xabar beradi “Ufa1.ru”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 26 yoshli Siroj Nosirov hamda 31 yoshli Radik Batirov 1-may kuni soat 04:50 da qochish harakatlarini amalga oshirgan. Markazga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari binoning ikkinchi qavatidagi oynadan qochib chiqib ketayotgan shaxslarni tasvirga olishga ulgurgan.

Ikkala erkak ham ushbu markazda 2019-yilning 14-yanvaridan buyon o‘tirar va o‘z mamlakatiga deport qilinishini kutayotgan edi.

“Ikki nafar xorij fuqarosi ushlab turilgan markazlaridan o‘zboshimchalik bilan chiqib ketdi. Avvalroq ularni mamlakatdan chiqarib yuborish bo‘yicha qaror qabul qilingadi. Ayni vaqtda ular qo‘lga olingan va markazga qaytarilgan”, — deydi Boshqirdiston IIV matbuot xizmati xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют