» » Barchani qiynaydigan nozik masala haqida: Ta’sirlangan ichak sindromi

Barchani qiynaydigan nozik masala haqida: Ta’sirlangan ichak sindromi


Shunday dardlar borki, ular haqida yetarli tasavvurga ega bo‘lmaganimiz bois ularga jiddiy qaramaymiz (bu esa og‘irroq oqibatlarga olib kelishi mumkin), yoki bo‘lmasa kasalning o‘ta “nozik”ligi bois u haqda birovga aytishga uyalamiz. Jinsiy xastaliklardan tashqari, oshqozon-ichak tizimi buzilishi bilan bog‘liq kasallliklar ham shu ro‘yxatga kiradi. “Daryo” kolumnisti Sarvar G‘aniyev o‘z maqolalarida ana shunday xastaliklar haqida qisqacha ma’lumot berib turadi. Navbatdagi maqola shunday kasalliklardan biri — ta’sirlangan ichak sindromiga bag‘ishlanadi.

Har birimiz hayotimiz davomida hech bo‘lmaganda bir marta qorindagi og‘riq yoki ichaklarimizdagi buzilishlar sababli barcha rejalarimizni yig‘ishtirib, uyda qolishimizga to‘g‘ri kelgan. Shunga qaramay, bu holat bir necha soat ichida o‘tib ketgan. Bunday vaziyatda vrachga murojat qilish g‘alati — o‘zi o‘tib ketdi. Ammo bu kabi xurujlar doimiy takrorlanaversa, shifokor ko‘rigi haqida o‘ylab qo‘yaverish kerak. Vrachlarning aytishicha, taxminan har o‘n kishidan biri oy davomida bir necha marta ichaklarning “o‘zboshimchaligi”dan aziyat chekadi. Odamlar bu sindrom haqida yetarli tasavvurga ega bo‘lmagani uchun o‘zlariga davo izlab shifoxonama-shifoxona yuraveradi. Ming taasuf-ki, ayrim “vrachlar”ning o‘zlari ham ta’sirlangan ichak sindromi haqida tushunchaga ega emas.

Ta‘sirlangan ichak sindromi (TIS) — funksional buzilish bo‘lib, bunda organik o‘zgarishlar bo‘lmaydi, qorinda og‘riq, noqulaylik hissi defekatsiya aktidan keyin kamayadi. Axlat konsistensiyasi va defekatsiya aktlari soni o‘zgaradi va ular oxirgi 3 oyda har oy  kamida 3 kun mobaynida belgi berib turishi, shikoyatlarning umumiy davomiyligi kamida 6 oy davom etishi kerak.

Ayollar bundan erkaklarga qaraganda ikki barobar ko‘proq aziyat chekadi. Keltirib chiqaruvchi omillar sifatida ruhiy-emotsional stress, ginekologik va endokrin kasalliklar, klimaks, semizlik, buqoq, ichak infeksiyalari va sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘rsatish mumkin.

TIS najasning shakli o‘zgarishiga qarab quyidagi turlari bor:

Ta’sirlangan ichak sindromini tasdiqlovchi simptomlar:

Bundan tashqari, bu belgilar oxirgi 3 oy davom etishi kerak. Stress simptomlarni chuqurlashtiradi, bemorda normal hayot kechira olmayotgani tufayli bezovtalik va depressiya paydo bo‘ladi.

Ta’sirlangan ichak sindromini davolash

Birinchi o‘rinda parhez va hayot tarzini o‘zgartirish zarur. Buning uchun kasallikning diareya bilan kechadigan turida bemorlarga qiyin hazm bo‘ladigan uglevodlar, mevalar, ich qotishi bilan kechadigan turida esa eruvchan tolali mahsulotlarga boy parhez tavsiya qilinadi. Eruvchan tolalarga boy va umuman olganda sog‘lom ovqatlanishda tavsiya qilinadigan oziq ovqat mahsulotlarini quyidagi suratda ko‘rishingiz mumkin.

Hayot tarzini o‘zgartirish va parhez uchun zarur tavsiyalar:

Dori vositalari bilan davolash

Dori preparatlari faqat vrach tomonidan buyuriladi va quyidagi guruh vositalaridan foydalaniladi:

O‘tkazilgan tekshiruvlar  natijalariga ko‘ra TIS bilan qiynaladigan insonlarning 50–90 foiz qismi psixik buzilishlardan aziyat chekadi. Ba’zida bu sindromni davolash uchun bir necha marta psixoterapevtga tashrif buyurishning o‘zi kifoya qiladi.

Kasallikni davolagandan ko‘ra uning oldini olgan yaxshi, shunday ekan maqolaning so‘nggi qismi kasallikning profilaktikasiga bag‘ishlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют