» » “Barselona” Chempionlar Ligasida “Real”ning natijasini takrorladi

“Barselona” Chempionlar Ligasida “Real”ning natijasini takrorladi


1-aprel, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalining dastlabki o‘yinida “Barselona” o‘z maydonida “Liverpul”ni mag‘lub etdi (3:0).

Uchrashuvning 26-daqiqasida kataloniyaliklar hujumchisi Luis Suares Alisson Bekker darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, “Barselona” yetakchisi Lionel Messi 75 va 82-daqiqalarda gol urib, dublga erishdi.

Bu “ko‘k-anor ranglilar”ning mazkur musobaqadagi 500, 501, 502-gollari bo‘ldi.

MisterChip’ning xabar berishicha, “Barselona” ushbu ko‘rsatkichga erishgan tarixdagi ikkinchi jamoaga aylandi.

Bu borada “Real” yetakchi hisoblanadi. Madrid klubi hisobida ayni damda 551 ta gol mavjud.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют