» » Toshkentda tijorat banklari va pochta aloqa bo‘linmalari sovuq suv uchun to‘lovlarni oshirilgan narxlarda qabul qilishni zudlik bilan to‘xtatish haqida ogohlantirildi

Toshkentda tijorat banklari va pochta aloqa bo‘linmalari sovuq suv uchun to‘lovlarni oshirilgan narxlarda qabul qilishni zudlik bilan to‘xtatish haqida ogohlantirildi


O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkent shahrida sovuq suv uchun to‘lovlarning oshirilgan narxlarda qabul qilinayotgani yuzasidan axborot berdi.

Tijorat banklari va pochta aloqa bo‘linmalari ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari uchun to‘lovlarni oshirilgan narxlarda qabul qilishni zudlik bilan to‘xtatish hamda yangi narxlarni 10-maydan qo‘llash to‘g‘risida Qo‘mita tomonidan ogohlantirildi.

“Suvsoz” davlat unitar korxonasi tomonidan yangi narxlar belgilangan muddatlardan boshlab qo‘llanilishi va bugungi kunga qadar oshirilgan narxlarda olingan to‘lovlar iste’molchilarga qayta hisob-kitob qilinishi majburiyati yana bir bor tasdiqlandi.

Fuqarolardan to‘lovlarning 10-mayga qadar oshirilgan narxlarda qabul qilinishi holatlari kuzatilgan taqdirda Qo‘mitaning (71) 241-58-64 raqami yoki ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali bog‘lanishi so‘raldi.

Eslatib o‘tamiz, 25-aprel kuni “Suvsoz” korxonasi Toshkentda 24-apreldan sovuq suvning narxi oshirilgani haqida ma’lum qilgandi. 26-aprel kuni esa Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ushbu holatga munosabat bildirib, “Suvsoz”ga yangi narx (tarif, maxsus ustama)larni 10-maydan amalga kiritilishi lozimligi to‘g‘risida ko‘rsatma berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют