» » O‘zbekistondan Qozog‘istonga yana to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistondan Qozog‘istonga yana to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi


“Uzavtotrans Service” MChJ korxonasi bugundan e’tiboran Qozog‘istonning 4 ta shahriga muntazam qatnovlarni amalga oshirishni boshladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Toshkent — Turkiston, Toshkent — Olmaota, Toshkent — Ushkunur, Chirchiq — Ushkunur yo‘nalishlari shular jumlasidandir. Qatnovlar barcha qulayliklarga ega zamonaviy YUTONG avtobuslarida amalga oshiriladi. Chiptalarni Toshkent avtovokzali kassalaridan xarid qilish mumkin.

Toshkent — Turkiston yo‘nalishi chipta narxi 50 000 so‘m, Toshkent — Olmaota yo‘nalishi chipta narxi 101 000 so‘m, Toshkent — Ushkunur yo‘nalishi chipta narxi 101 000 so‘m, Chirchiq—Ushkunur yo‘nalishi chipta narxi esa 90 000 so‘m qilib belgilangan.

Shuningdek, korxona tomonidan yaqin orada “Toshkent — Nur-Sulton (Qozog‘iston)”, “Toshkent — Taraz (Qozog‘iston)”, “Toshkent — Qizilo‘rda (Qozog‘iston)”, “Samarqand — Turkiston (Qozog‘iston)”, “Samarqand — Dushanbe (Tojikiston)”, “Toshkent — Qozon (Rossiya Federatsiyasi)”,“Toshkent — Ufa (Rossiya Federatsiyasi)”, “Toshkent — Omsk (Rossiya Federatsiyasi)”, “Toshkent — Petropavlovsk (Rossiya Federatsiyasi)” yo‘nalishlarida ham muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Kelajakda Xitoy, Turkmaniston, Rossiya hamda Qirg‘izistonning shaharlariga O‘zbekistonning turli viloyatlaridan yo‘nalishlarni tashkillashtirish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют