» » Ot sporti. O‘zbekiston yana bir xalqaro musobaqaga mezbonlik qildi

Ot sporti. O‘zbekiston yana bir xalqaro musobaqaga mezbonlik qildi


Bo‘stonliq tumanida uch kun davom etgan ot sporti bo‘yicha yana bir xalqaro musobaqa yakuniga yetdi. Bu haqda Ot sporti federatsiyasi “Daryo”ga ma’lum qildi.

“Allyur” sport klubi bu safar ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha an’anaviy Jahon kubogining Markaziy Osiyo mintaqasi saralash bosqichiga mezbonlik qildi.

Unda O‘zbekistonlik chavandozlar hamda Qozog‘iston va Qirg‘izistondan tashrif buyurgan sportchilar ishtirok etdi. Jahon kubogining Gran-Pri musobaqalarida o‘zbekistonlik Bekzod Qurbonov 1-o‘rinni band etdi. G‘ayrat Nazarov esa kumush medalga ega chiqdi. Uchinchi o‘rin esa qirg‘izistonlik Komil Sobitovga nasib qildi.

Mazkur musobaqaning ikkinchi bosqichiga 24—26-may kunlari Qirg‘iziston mezbonlik qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют