» » Oliy sud delegatsiyasi Shanxayda o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi

Oliy sud delegatsiyasi Shanxayda o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi


ShHTga a’zo davlatlar sudyalari seminarida ishtirok etgan Oliy sud delegatsiyasi Shanxaydagi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi. Bu haqda “Daryo”ga Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston sud-huquq tizimidagi islohotlar haqida so‘z bordi.

Xorijiy mamlakatlarda ta’lim olayotgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida suhbatlashildi. Xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislarni yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarida o‘qitish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida “El-yurt umidi” jamg‘armasi tashkil etilganligi, uning faoliyati haqida ma’lumot berildi.

Delegatsiya a’zolari talabalarning yashash tarzi, o‘qish jarayoni, taklif va mulohazalari bilan qiziqdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют