» » Senat raisi odamlar zararli moddalar bilan to‘yingan suvni iste’mol qilayotganini ma’lum qildi 

Senat raisi odamlar zararli moddalar bilan to‘yingan suvni iste’mol qilayotganini ma’lum qildi 


O‘zbekistondagi mavjud markazlashgan oqova suv tarmoqlarining 44 foizi yaroqsiz holga kelgan. Eskirgan kanalizatsiya tarmoqlaridan sizib chiqayotgan oqova suvlar yer osti suvlariga qo‘shilib ketmoqda. Bu haqda ayni paytda davom etayotgan Oliy Majlis Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida ma’lum qilindi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

“Biroq, o‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, hanuzgacha ayrim mutasaddi tuzilmalar tomonidan odamlarni yillar davomida tashvishga solib kelayotgan muammolar yechimiga kompleks yondashilmayapti.

“Suvoqova” davlat unitar korxonasiga qarashli suv tozalash inshootlarining 88 foizi faoliyat yuritmaydi, ulardagi laboratoriyalar bugungi kun talablariga umuman javob bermaydi.

Faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalarida ham suv obyektlari, jumladan daryolar va soylarga oqova suvlarni oqizishga oid qonun hujjatlari ijrosining holati qoniqarsizdir.

Aksariyat korxonalarda suv tozalash inshootlarining yo‘qligi, borlarining ham talab darajasida emasligi oqibatida oqova suvlar biologik va kimyoviy tozalashdan o‘tkazilmasdan, hududlardagi daryo va soylarga to‘g‘ridan to‘g‘ri oqizilmoqda”, — deydi Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev.

Qayd etilishicha, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli 87 ta korxonadan 44 tasida suv tozalash inshootlari mavjud emas.

2017—2018-yillarda ushbu korxonalardan chiqqan sanoat oqindi suvlarining 83 foizi tozalanmasdan, to‘g‘ridan to‘g‘ri kanalizatsiyaga oqizilgan.

“‘O‘zkimyosanoat’ aksiyadorlik jamiyatiga qarashli 10 ta korxonaning 8 tasida suv tozalash inshootlari mavjud emasligi ham achinarli holdir.

‘O‘zcharmsanoat’ uyushmasiga qarashli 406 ta, ‘O‘zto‘qimachiliksanoat’ uyushmasi tasarrufidagi 206 ta korxonadan chiqayotgan oqova suvlarning aksariyati ham tindirilmasdan va tozalanmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri kanalizatsiyaga tashlanmoqda.

Oqibatda mazkur korxonalarga tutash hududlarda sani- tariya qoidalari va gigiyena normalari jiddiy buzilmoqda.

Xususan, odamlar zararli moddalar bilan to‘yingan suvlarni iste’mol qilmoqda.

Zotan, mamlakatdagi 58 ta suv tozalash inshootidan chiqayotgan oqova suvlar tahlil qilinganda, zararli moddalarning belgilangan me’yorlarga nisbatan bir necha o‘n marotaba yuqori ekanligi aniqlandi.

Mutasaddi tuzilmalar esa, bu kabi hayotiy muammolarni samarali hal etish bo‘yicha yetarlicha tashabbus ko‘rsatmayapti.

Shu bois, biz mazkur masalani kun tartibiga kiritdik va uni atroflicha muhokama qilmoqchimiz”, — deydi Nig‘matilla Yo‘ldoshev .



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют