» » Senat: Toshkent viloyatida 15 800 ta ish o‘rni bo‘sh turibdi

Senat: Toshkent viloyatida 15 800 ta ish o‘rni bo‘sh turibdi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida nutq so‘zlagan Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev senatorlar e’tiborini Toshkent viloyatidagi mavjud bo‘lgan muammolarga qaratdib deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

“Davlatimiz rahbarining 2018-yilning yanvarida viloyatga amalga oshirgan tashriflari davomida vazirliklar, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari va tijorat banklarining Toshkent viloyat boshqarmalari hamda tashkilotlarini Nurafshon shahriga ko‘chirish vazifasi qo‘yilgan edi. Oradan bir yil-u uch oy vaqt o‘tganiga qaramasdan, faqat vazirlik va idoralarning 20 ga yaqin boshqarmalari Nurafshonga ko‘chirilmaganini qanday izohlash mumkin?

Joyida o‘tkazgan o‘rganishlarimiz shuni ko‘rsatdiki, ayniqsa, moliya, soliq, statistika, bandlik va mehnat munosabatlari, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, veterinariya nazorati boshqarmalari kabi tuzilmalarning amalda ko‘chirilmagani:

birinchidan, viloyat hokimligi uchun ko‘plab qiyinchiliklar va muammolarni keltirib chiqarmoqda;

ikkinchidan, mazkur tuzilmalar bevosita mas’ul va javobgar bo‘lgan sohalardagi aynan hududlarga xos bo‘lgan, aholini tashvishga solayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etishga sun’iy to‘siq bo‘lmoqda;

uchinchidan, boshqaruv samaradorligini oshirish, davlat idoralarini xalqqa yaqinlashtirish ishlariga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda”, — deydi Senat raisi.

Nig‘matilla Yo‘ldoshevning qayd etishicha, deyarli barcha viloyatlar, xususan Toshkent viloyatiga ham xos bo‘lgan yana bir muammo aholi bandligini ta’minlash bilan bevosita bog‘liqdir.

“Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan bu boradagi muammolarni kompleks hal etish bo‘yicha ta’sirchan choralar yetarli darajada ko‘rilmayotgani oqibatida viloyatda qariyb 15 800 ta ish o‘rni bo‘sh turibdi.

Poytaxt bilan tutash bo‘lgan hududda shuncha ish o‘rnining bo‘sh turganini mutasaddilar qanday izohlaydi ?

Nahotki, ular yillar davomida ish izlab yurgan odamlarning ovozini eshitmayotgan bo‘lsa?”, — deydi Senat raisi.

Shuningdek, “Aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatish, ichimlik suvi ta’minoti, avtomobil yo‘llari, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalardagi dolzarb muammolar ko‘lamining boshqa hududlarga qaraganda poytaxt viloyatida g‘oyat kengligi ham tashvishlanarlidir”.

“Birgina misol: viloyat aholisining 60 foizi chiqindilarni tozalash va ularni olib chiqish bo‘yicha xizmatlardan bebahra qolmoqda.

Viloyatdagi ichki avtomobil yo‘llarining 65 foizi, ichimlik suvi tarmoqlarining 63 foizi ta’mirtalab ahvolga kelib qolgani birinchi navbatda mas’ul vazirlik va idoralar uchun izoh talab qilinadigan savollardir.

Qayd etish o‘rinliki, Hukumat qarorlari bilan tasdiqlangan dasturlar o‘z vaqtida, to‘liq ijro etilganida holat mutlaqo boshqacha bo‘lishi mumkin edi.

Masalan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Parkent, Toshkent tumanlari va Olmaliq shahrini kompleks rivojlantirish bo‘yicha 2018-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 287 ta tadbir asosan vazirlik va idoralarning sustkashligi oqibatida ijro etilmagan.

Albatta, viloyat hokimining hisobotini eshitish jarayonida bu kabi masalalar batafsil muhokama qilinadi”, — deydi Senat raisi.

Ma’lumot uchun, bugun, Senat yalpi majlisi davomida Toshkent viloyati hokimining hisoboti tinglanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют