» » Agrobank Mehr ulashing aksiyasini otkazdi

Agrobank Mehr ulashing aksiyasini otkazdi


Joriy yilning 3-may kuni Agrobank ATB Bosh ofisi xodimlari Respublika Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutida Mehr ulashing nomli donorlik xayriya aksiyasini otkazdi.

Ushbu aksiya Muqaddas Ramazon oyi arafasida bank xodimlarini kongilli ravishda qon topshirishga chaqirish orqali bemor bolalarning hayotini saqlab qolish, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat goyalarini targib qilishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.

Qon xastaliklari, jumladan, ogir darajadagi kamqonlik, qon saratoni (leykoz), qon ivish tizimi ishining buzilishi (gemofiliya) kabi kasalliklar bilan ogrigan bolalar, albatta, donorlar komagiga muhtoj. Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutida ham shu turdagi kasalliklar bilan ogrigan bolalar qalbida ezguliklar bilan yashaydigan insonlar donorlar muruvvatidan bahramand bolmoqda.

Aksiya doirasida Agrobankning 70 dan ortiq xodimlari bemor bolalar holidan xabar oldilar. Ishtirokchilar Respublika Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutida bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, donorlar tomonidan qon topshirish va u yerda qonning saqlanishi, soglikni saqlash muassasalarida ishlatilishi va shu kabi muhim jarayonlar haqida yaqindan tanishishdi.

Malumot ornida aytish kerakki, donorlar qoni bilan bemorlar hayotini saqlab qolish va aholining qonga bolgan ehtiyojini qoplash, favqulodda holatlarda, murakkab jarrohlik amaliyotlarida, patologik tugruq jarayonlarida va jarrohlik amaliyotlarida qollaniladi.

Mehr ulashing aksiyasi tadbirida bank tomonidan bemor bolalarga 200 dan ortiq turli janrdagi kitoblar va oyinchoqlar ulashildi.

Bu kabi tashabbuslar ogir bemor bolalar va ularning oilalarini ham ruhiy va manaviy qollab-quvvatlash, ijtimoiy himoya qilish, mehr ulashish, ertangi kunga ishonch tuygularini shakllantirishga xizmat qildi.

Agrobank ATB matbuot xizmati

Sayt: www.agrobank.uz

Telegram: t.me/AgrobankChannel

Instagram: instagram.com/agrobank_uz

Facebook: fb.com/agrobankuzbekistan



Manba: Daryo.uz
: admin (3-05-2019, 18:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
:
-
:
:
20 ...