» » Shahrisabzdagi novvoyxonada propan gaz balloni nosozligi sabab chaqnash sodir bo‘ldi, 3 kishi jarohatlandi

Shahrisabzdagi novvoyxonada propan gaz balloni nosozligi sabab chaqnash sodir bo‘ldi, 3 kishi jarohatlandi


2019-yil 2-may kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida joylashgan “Sabi Nur Kesh” MChJga qarashli novvoyxonada 20 litr hajmdagi propan gaz ballonidan sizib chiqqan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada novvoyxonaning uch nafar ishchilari kuyish jarohatlarini olgan va kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

IIV fuqarolarni propan gaz ballonlaridan foydalanishda ularning texnik soz holda ekanligiga e’tibor qaratish bilan birga, xavfsizlik qoidalariga amal qilishga chaqirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют