» » O‘zbekistonda malakasini oshirmagan haydovchilarga jarima solinadi

O‘zbekistonda malakasini oshirmagan haydovchilarga jarima solinadi


O‘zbekistonda MJTKning 135-moddasiga (“Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi”) qo‘shimcha kiritildi. Bu haqda “Norma” axborot-huquqiy portali xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil sentyabrdan majburiy ravishda haydovchilarning malakasini oshirish jarayoni joriy etila boshlagan (VMning 4.09.2017 yildagi 693-son qaroriga qarang). So‘ng u tatbiq etiladigan shaxslar ro‘yxati va haydovchilarning malakasini oshirish huquqi berilgan subyektlar doirasi o‘zgardi.

Natijada ayni paytga kelib:

a) quyidagi shaxslar 2 yilda 1 marta malaka oshirishlari shart:

b) istalgan davlat (ro‘yxatdan o‘tkazilgan) va nodavlat (litsenziyaga ega) ta’lim muassasalari haydovchilarning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshirishi mumkin.

Haydovchilarning yonida malaka oshirishdan o‘tganligi to‘g‘risida sertifikat bo‘lishi va IIB xodimlari tekshirgan paytda uni taqdim etish majburiyati Yo‘l harakati qoidalarida mustahkamlanganiga qaramay, u yonida bo‘lmagani uchun javobgarlik belgilanmagan edi.

MJTKning 135-moddasiga kiritilgan tuzatish sababli vaziyat o‘zgardi. Yuridik shaxslarning transport vositalari haydovchilarining, shu jumladan, yo‘lovchi yoki yuk tashish faoliyatini amalga oshiruvchi haydovchilarning malaka oshirishdan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikati yonida bo‘lmaganligi uchun jarima solinadi. Buning uchun sanksiya 1 EKIHni tashkil etadi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach jarimalar qo‘llanila boshlaydi.

Bunda haydovchilik guvohnomasi olingan paytdan e’tiboran 2 yillik davrda javobgarlikka tortmaydi. Guvohnomani almashtirish yoki yo‘qolgani o‘rniga boshqasini berish hollari bundan mustasno.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют