» » Senat yalpi majlisi, Toshkentda ikki piyodani urib ketgan avtobus, Farg‘onada tug‘ilgan uch egizak va kunning boshqa muhim xabarlari

Senat yalpi majlisi, Toshkentda ikki piyodani urib ketgan avtobus, Farg‘onada tug‘ilgan uch egizak va kunning boshqa muhim xabarlari


3-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

Bugun, 3-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Senat raisi o‘z nutqida mamlakatdagi sug‘urta qonunchiligi mazmunan eskirgani hamda sug‘urta bozori e’tibordan chetda qolayotganini ta’kidladi.

Senat raisi odamlar zararli moddalar bilan to‘yingan suvni iste’mol qilayotganini ma’lum qildi.

Senat raisi nogironlikni belgilashda qonunda ko‘zda tutilmagan qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishini tanqid qildi.

Shuningdek, Toshkent viloyatida 15 800 ta ish o‘rni bo‘sh turganligi ma’lum qilindi.

“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

O‘zbekistonda 2017—2018-yillarda qariyb 1200 kishi ovqatdan zaharlangani, ulardan 222 nafari bolalar ekanligi ma’lum qilindi.

Senatning o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida parlament a’zolari “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqdi.

Bundan tashqari, parlament a’zolari “Yaylovlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqdi.

Senatorlar “O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqdi.

***

Toshkentda avtobus bekatdagi ikki piyodani urib ketdi, ular halok bo‘ldi.

3-may kuni taxminan 14:30 da Toshkent halqa avtomobil yo‘liga birikkan ikkinchi darajali yo‘ldagi “Chinnibozor” jamoat transporti bekatida YTH sodir bo‘ldi. YTH oqibatida 14 yoshli qiz va 30—35 yoshlardagi ayol voqea joyida halok bo‘lgan.

***

Farg‘onada tug‘ilgan uch egizakka Shavkatjon, Ziroatxon va Saidaxon ismlari qo‘yildi.

Islomjon va Diloromxon Isroilovlar oilasida tug‘ilgan chaqaloqlarga O‘zbekiston Prezidenti va uning oilasi sharafiga ismlar tanlangan. Egizaklarga Shavkatjon (O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sharafiga), Ziroatxon (O‘zbekiston Prezidentining rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva sharafiga) va Saidaxon (O‘zbekiston Prezidentining katta qizi Saida Mirziyoyeva sharafiga) deb ism qo‘yilgan.

***

Toshkentda kelinlar sayli bo‘lib o‘tdi.

100 nafar go‘zal qizlar shahar markazida to‘y liboslarida  musiqa sadolari ostida  harakatlanib, o‘ziga xos raqs ham namoyish etdi.

***

Shavkat Mirziyoyev dronlardan noqonuniy foydalanganlarni ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Qonunga ko‘ra, Jinoyat kodeksiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish uchun uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют