» » “O‘zbektelekom” yangi UZ-IX piring tarmog‘ini ishga tushirmoqda

“O‘zbektelekom” yangi UZ-IX piring tarmog‘ini ishga tushirmoqda


“O‘zbektelekom” AJ tomonidan ishlab chiqilgan yangi piring tarmog‘i jahondagi mashhur internet-resurslar va portallarni mahalliylashtirish hamda sifatli milliy kontentni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar yaratish imkonini beradi. Bu internetdan foydalanish darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekistonda ushbu loyihaning amalga oshirilishi xalqaro internet-kanal yuklamasini ma’lum darajada maqbullashtirish imkonini beradi va internet-resurslarning oqilona taqsimlanishini ta’minlaydi.

Masalan, hozirgi kunda “O‘zbektelekom” AJ va Rossiyaning yirik media-kontent ta’minotchilari – “Ivi.ru” MChJ (ivi.ru) bilan qo‘shma loyihasi mavjud. Loyiha O‘zbekistonda sifatli, litsenziyali media-kontentni taqdim etishga xizmat qiladi. O‘zbekistonliklar dunyo ahli bilan bir paytda so‘nggi xorijiy kinofilmlar, teleseriallar va musiqiy premyeralardan bahramand bo‘lish imkoniga ega bo‘ldi.

Uz-IX tarmog‘i – bu “O‘zbektelekom” AJ boshqaruvi ostidagi infratuzilma bo‘lib, uning barcha ishtirokchilari (piring-sheriklari) o‘zaro trafik almashishlari mumkin.

Ayni paytda tarmoqdan, xosting maydonchasidan yoki media-kontentdan foydalanish xizmatlarini ko‘rsatgan va tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxs piring tarmog‘i ishtirokchisi bo‘la oladi.

Ta’kidlash joizki, Uz-IX yangi piring tarmog‘ining tashkil etilishi amaldagi TAS-IX piring tarmog‘ining muqobili yoki uning o‘rnini bosuvchi tarmoq hisoblanmaydi. “O‘zbektelekom” AJ avvalgidek TAS-IX “Ma’lumot uzatish tarmoqlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish markazi” nodavlat notijorat tashkilotining a’zosi va TAS-IX trafigi almashish tarmog‘i foydalanuvchisi hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют