» » Gavayida Kilauea vulqoniga tushib ketgan askar tirik qoldi

Gavayida Kilauea vulqoniga tushib ketgan askar tirik qoldi


Amerikalik bir askar Gavayidagi Kilauea vulqoni ichiga yiqilib tushganidan so‘ng omon qolishga muvaffaq bo‘ldi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

Ma’lum bo‘lishicha, 32 yoshli askar vulqon va uning atrofini yaxshiroq ko‘rish uchun joy izlagan. U faol vulqon kuzatuv platformasiga o‘rnatilgan metal panjara ustidan oshib otgan, ammo oyog‘i ostidagi tuproq qatlami uning og‘irligini ko‘tara olmay, o‘pirilib pastga tushib ketgan. Harbiy xizmatchi 21 metr pastdagi kichik qiyalik ustiga yiqilgan.

Voqea joyiga qutqaruvchilar yetib kelib, jabrlangan askarni yuqoriga olib chiqdi.

Shifokorlar uning ahvoli yaxshilanganligini va sog‘lig‘i barqarorligini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют