» » Moliya vaziri Ozbekistonda yer uchastkalarini xususiylashtirish togrisidagi qonunga izoh berdi

Moliya vaziri Ozbekistonda yer uchastkalarini xususiylashtirish togrisidagi qonunga izoh berdi


Ozbekiston bosh vaziri orinbosari, moliya vaziri Jamshid Qochqorov qishloq xojaligiga moljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish togrisidagi qonunni yerga nisbatan xususiy mulkchilikni joriy etishning birinchi bosqichi deb atadi, deya xabar qildi Gazeta.uz.

Moliya vaziri 3-may kuni Oliy Majlis Senatining 19-yalpi majlisida maqullangan Qishloq xojaligiga moljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish togrisidagi qonunning qabul qilinishi yuzasidan izoh berdi.

Senat tomonidan maqullangan mazkur qonun tarixiy hodisa hisoblanadi. Sizga malumki, bozor iqtisodiyotining asosi, bu xususiy mulkchilik. Yerga nisbatan xususiy mulkchiliksiz bozor iqtisodiyoti toliq bolmaydi, dedi u.

Jamshid Qochqorov hukumatning ushbu masaladagi pozitsiyasiga oydinlik kiritar ekan, yerni xususiylashtirishni juda murakkab masala ekanini takidlab otdi.

Bu qonun muayyan darajada yerga nisbatan xususiy mulkchilikni joriy etishning birinchi bosqichi hisoblanadi. Birinchi navbatda qanday yerlar xususiylashtiriladi? Agarda menda korxona bolsa va u muayyan uchastkada joylashgan bolsa, u holda men ushbu yerni xususiylashtirish huquqiga ega bolaman. Yer uchastkalari va ularda joylashgan obyektlar birligi tamoyili mavjud. Kimdir yuridik shaxs faoliyat korsatayotgan yoki jismoniy shaxs yashayotgan erni auktsionga qoyishi va sotib olishi mumkin emas. Uy meniki, yer esa boshqaga tegishli bunaqasi bolmaydi, dedi vazir.

Kochmas mulk obyektlari joylashgan xususiylashtirilayotgan yer uchastkasi hajmi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriladi. Bunda yuridik yoki jismoniy shaxslardan yer soligining bir necha barobari miqdorida boj tolanadi.

Jamshid Qochqorovning takidlashicha, gap aholidan yerni xususiylashtirish uchun qandaydir katta miqdordagi mablaglarni yigish haqida ketayotgani yoq. Asosiy maqsad odamlar yerga nisbatan mulk huquqiga ega bolishlari, yuridik va jismoniy shaxslar erni oborotga qoyish, yani garov sifatida foydalanish imkoniyatiga ega bolishdan iborat.



Manba: Daryo.uz
: admin (4-05-2019, 10:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -