» » Oliy Majlis Senatining 19-yalpi majlisi birinchi kunida qaysi qonunlar ma’qullandi?

Oliy Majlis Senatining 19-yalpi majlisi birinchi kunida qaysi qonunlar ma’qullandi?


2019-yil 3-may kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida bir qator qonunlar ma’qullandi, bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali ma’lumot beradi.

Ushbu qonunlarga quyidagilar kiradi:

— Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida;

­— Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida;

—  Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;

— Yaylovlar to‘g‘risida;

— O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida;

— O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida;

— O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida;

— Turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasini (Stokgolm, 2001-yil 22-may) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida.

Ma’qullangan qonunlar Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach rasmiy kuchga ega bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют