» » Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi

Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi


Oliy Majlis Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida senatorlar “O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi.

iston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-fevraldagi qaroriga muvofiq Iqtisodiy protsessual kodeksga iqtisodiy sudda nizolarni hal qilish usuli sifatida sudgacha majlis o‘tkazish imkonini beradigan tartib joriy joriy etishni, sud muhokamasini qoldirishlarning maksimal miqdorini belgilashni (3 marta), shu jumladan iqtisodiy ishlar bo‘yicha sud muhokamasini qoldirishlarning (10 marta) va tanaffuslarning (3 marta) maksimal muddatini belgilashni, shuningdek faqat kutilmagan sabablar va favqulodda holatlar yuz berganda sud muhokamasini qoldirish yoki tanaffus e’lon qilish mumkin bo‘lgan hollarni aniqlashni nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Qayd etilganidek, Qonunning qabul qilinishi Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisoboti ko‘rsatkichlarida nazarda tutilgan shart-sharoitlarni O‘zbekistonda tezroq joriy etilishini ta’minlaydi va yakunida qulay investitsiya muhitini shakllantirishga va ushbu reytingda O‘zbekistonning o‘rnini oshirishga ko‘maklashadi.

Senatorlar Qonunni ma’qulladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют