» » Qishloq xojaligiga moljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibi qanday?

Qishloq xojaligiga moljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibi qanday?


Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining on toqqizinchi yalpi majlisida senatorlar Qishloq xojaligiga moljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonunini korib chiqdi. Bu haqda Daryo muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi.

Hujjat urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirishga qaratilgani qayd etildi.

Qonunda yer uchaskalarini xususiylashtirish sohasidagi vakolatli organlar Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Yergeodezkadastr qomitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Urbanizatsiyani rivojlantirish jamgarmasining asosiy vazifalari belgilab berilmoqda

Shuningdek, yer uchaskalarini xususiylashtirish tartibi va xususiylashtirilgan yer uchastkalarining huquqiy maqomi tartibga solinmoqda. Yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bolgan yoki ular tomonidan xususiylashtirilayotgan binolar va inshootlar, ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari joylashgan yer uchastkalari, shuningdek ularga tutash bolgan, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur olchamlardagi yer uchastkalari, yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalari joylashgan qishloq xojaligiga moljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish imkoniyati nazarda tutilmoqda.

Qonunga kora tasdiqlangan va elon qilingan rejalashtirish sxemalari bolmagan hududlarda joylashgan yer uchastkalari, foydali qazilmalar konlari joylashgan yer uchastkalari, davlat mulkidagi strategik obektlar, tabiatni muhofaza qilish, soglomlashtirish, rekreatsiya maqsadlari va tarixiy-madaniy maqsadlar uchun moljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi yer uchastkalari, shuningdek ormon va suv fondlarining yerlari, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga berilgan yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi.

Bunda Qonunda belgilab qoyilishicha, chet ellik fuqarolar va yuridik shaxslar (norezidentlar), fuqaroligi bolmagan shaxslar, agar Yer kodeksida va xalqaro shartnomalarda boshqacha qoida nazarda tutilgan bolmasa, xususiylashtirilgan yer uchastkalarini olish huquqiga ega emas. Qonun normalarida yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushadigan mablaglar Urbanizatsiyani rivojlantirish jamgarmasiga yonaltirilishi belgilab qoyilgan.

Shuningdek, Qonunda mustahkamlab qoyilishicha, xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk va fuqarolik muomalasi obyektlari hisoblanadi, xususiy mulk huquqi esa daxlsizdir va u davlat tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq himoya qilinadi.

Hujjatda xususiylashtirilgan yer uchastkasini olib qoyishga faqat mulkdorning majburiyatlari boyicha undiruv ushbu yer uchastkasiga qaratilganda, shuningdek natsionalizatsiya, rekvizitsiya va musodara qilish tartibida yol qoyiladi.

Natsionalizatsiya qilish faqat davlat va jamoat ehtiyojlari uchun hamda yer uchastkasi mulkdorining roziligi olinganida amalga oshiriladi, bu tomonlar ortasida teng shartlar asosida tuziladigan yer uchastkasining oldi-sotdi shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi.

Xususiylashtirilgan yer uchastkasi tabiiy ofatlar, falokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar hollarida va favqulodda xususiyatga ega bolgan boshqa holatlarda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan vaqtinchalik olib qoyilishi (rekvizitsiya qilinishi) mumkin.

Senatorlar Qonunni maqulladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (3-05-2019, 13:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -