» » O‘zbekistonda yerni onlayn-auksion orqali xususiylashtirish taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda yerni onlayn-auksion orqali xususiylashtirish taklif qilinmoqda


QHTBT portalida “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi taqdim etilgan, deb yozadi Norma.

 

Loyiha Prezidentning 10.01.2019-yildagi “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5623-son Farmonini ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan.

Unda yerni xususiylashtirish tartib-taomiliga oid qator tushunchalar ta’riflangan, uning xususiy mulkka o‘tish tamoyillari belgilangan.

Loyihaga binoan xususiylashtirish obyektlari quyidagi yer uchastkalaridir:

Quyidagi uchastkalar xususiylashtirilmaydi:

Bo‘sh turgan yer uchastkalarini xususiylashtirish E-IJRO AUKSION yagona savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi.

Xorijiy fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekiston norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarga yer sotib olishda cheklovlar nazarda tutiladi.

Qonun loyihasida yer uchastkalariga xususiy mulk huquqini bekor qilishga oid alohida holatlar va ularni olib qo‘yishga oid istisnoli holatlar ham belgilangan. Natsionalizatsiya va rekvizitsiya qilingan hollarda xususiy mulk bo‘lgan uchastka va u bilan bog‘liq ko‘chmas mulk obyektlari, basharti ularning qiymati va olib qo‘yish munosabati bilan yetkazilgan zarar to‘liq qoplansa, olib qo‘yiladi.

Qonun loyihasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasidagi vakolatli organlar doirasi, ularning vakolatlari va o‘zaro hamkorlik qilishi ham belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют