» » Shimoliy Koreya rahbarining akasini o‘ldirishda ayblangan vyetnamlik ayol ozodlikka chiqarildi

Shimoliy Koreya rahbarining akasini o‘ldirishda ayblangan vyetnamlik ayol ozodlikka chiqarildi


Shimoliy Koreya rahbarining akasi — Kim Chen Namning o‘ldirilishida ayblangan Vyetnam fuqarosi Doan Txi Xuong 3-may kuni ozodlikka chiqdi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Qamoqxona vakilining so‘zlariga ko‘ra, ayol hujjatlarni olish uchu immigratsiya bo‘limiga ketgan bo‘lib, shundan so‘ng uyiga qaytadi. Uning nima sababdan ozod etilgani noma’lum.

Malayziya Oliy sudining 1-apreldagi qaroriga asosan Doan Txi Xuong uch yil-u to‘rt oyga ozodlikdan mahrum qilingandi. Vaqtincha hibsda saqlangan muddati ham hisobga olinganda, ayol yana bir yil qamoqda o‘tirishi kerak edi. Bu vaqtgacha ayoldan qasddan odam o‘ldirish ayblovi olib tashlanib, “o‘limga olib kelgan sog‘liqqa shikast yetkazish” aybloviga o‘zgartirilgan.

Doan Txi Xuong ushbu jinoyat ishida ishtirok etgan ikkinchi va oxirgi shaxs bo‘ldi. Mart oyida yana bir gumonlanuvchi — indoneziyalik Siti Ayshaga qarshi jinoiy ta’qib to‘xtatilgan.

Kim Chen Nam 2017-yil 13-fevral kuni Kuala-Lumpur aeroportida o‘ldirilgan edi. Uning  yuziga asabni falajlovchi VX kimyoviy moddasi sepib ketilgan. Qo‘lga olingan ayollar aybini tan olmagan. Sudda ularning advokatlari ayollar yanglishtirib, reality-shouda ishtirok etishayotgani va hayot uchun xavfsiz bo‘lgan suyuqlik sepishlariga ishontirilganini aytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют