» » Xatirchida Amir Temur davridan beri yetishtirib kelinayotgan 1000 tup ko‘chat ekildi

Xatirchida Amir Temur davridan beri yetishtirib kelinayotgan 1000 tup ko‘chat ekildi


Shavkat Mirziyoyev 2018-yil mart oyida Navoiy viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida Xatirchi tumani tokzorlarida yetishtirib kelinayotgan uzum navlarini genetik tahlil qilish bo‘yicha ko‘rsatma bergandi. Bu haqda “Daryo”ga Genomika va bioinformatika markazi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Genomika va bioinformatika markazi direktor o‘rinbosari, biologiya fanlari doktori Zabardast Bo‘riyev hamda asli navoiylik bo‘lgan xodim Ilyosbek Normamatov 2018-yilning 18—19-mart kunlari Navoiy tumanining Oltinsoy, Uchqora va Akmal Ikromov qishloq fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, dehqon va fermerlar bilan suhbatlashib, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganishga harakat qildi. Mahalliy uzum navlari yetishtirilayotgan xonadonlar va fermer xo‘jaliklari ko‘zdan kechirildi.

Natijada ushbu hududlarda Amir Temur davridan buyon yetishtirib kelinayotgan “Oq dum” va “Qizil dum” uzum navlaridan barg namunalari yig‘ilib, markazga olib kelindi. Molekulyar tadqiqotlarni amalga oshirish uchun ushbu namunalardan genom DNK ajratilib, mikrosetellit markerlar yordamida genotipik jihatdan o‘rganishga kirishilgan bo‘lsa, boshqa bo‘lim xodimlari tomonidan namunalardan in vitro sharoitida ko‘paytirish uchun o‘suv qismlari ajratib olindi.

Nazorat namunalari sifatida “Tagapskiy” kishmishbop uzum navi hamda genetik jihatdan yaxshi o‘rganilgan, Italiya seleksiyasiga mansub “Morrastel” vinobop navlari olindi. Tahlil natijalariga ko‘ra uzumning ushbu ikki mahalliy turlari o‘zaro bir-biridan farq qilib, har ikki nav ichida ham xilma-xillik mavjudligi aniqlandi.

Xususan, “Oq dum” navida genetik xilma-xillik ko‘pligi (25 foizgacha) va noyob genotiplar mavjudligi aniqlandi. Bu esa “Oq dum”ning nav tozaligi 75 foiz ekanligini anglatadi. “Qizil dum” navida genotipik xilma-xillik darajasi 20 foizgacha ekanligi va nav tozaligi 80 foizga tengligi aniqlandi.

Maxsus ozuqa muhitida yetishtirilayotgan tok o‘simliklari virus va boshqa infeksiyalardan tozalanib, sog‘lomlashtirildi. Sog‘lom o‘simliklar maxsus ozuqada ko‘paytirildi va 2019-yilning aprel oyida Xatirchi tumaniga 1000 tup ko‘chat olib kelindi va ekildi.

Ushbu ko‘chatlar O‘zbekiston sharoitida zamonaviy in vitro usulida olingan ilk o‘simliklar hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют