» » Qashqadaryoda Koreya andozasi asosida qayta tamirlangan dastlabki bolalar bogchasi foydalanishga topshirildi

Qashqadaryoda Koreya andozasi asosida qayta tamirlangan dastlabki bolalar bogchasi foydalanishga topshirildi


Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida Janubiy Koreya andozasi asosida 3 millard 129 million som evaziga qayta rekonstruksiya qilingan dastlabki bolalar bogchasi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Daryo muxbiri xabar bermoqda.

Qarshi tumanidagi 1-sonli maktabgacha talim muassasasi 1953-yil barpo etilgan, devorlari paxsadan iborat bolgan. 70 oringa moljallab barpo etilgan bogcha 65 yil davomida biror marta ham kapital tamirlanmagan.

Prezident bolalar bogchalari Janubiy Koreya tajribasi asosida oyinchoqlar, mebel va uskunalar bilan taminlanishi zarurligini aytib otgandi. Shu maqsaddan kelib chiqqan holda tumanimizdagi mazkur bogcha investitsiya dasturiga muvofiq 3 millard 129 million mablag evaziga qayta rekonstruksiya qilindi, deydi tuman maktabgacha talim bolimi mudiri Anvar Eshonqulov. Natijada 70 orinli bogcha 130 orinli bogchaga aylandi. Qisqa muddatli guruhlar hisobiga bogcha 200 nafar bolani qamrab olish imkoniyatiga ega boldi.

Bogchamizning Janubiy Koreya uslubi asosida qayta rekonstruksiya qilinishi natijasida bolalar ovqatlanishi uchun umumiy oshxona ham tashkil etildi, deydi tarbiyachi Saodat Narzullayeva. Endilikda tarbiyalanuvchilar mashgulot xonalarida emas, umumiy oshxonada ovqat tanovul qiladi.

Muassasada bolajonlarga bogcha yoshidan kitobxonlikni targib qilish maqsadida kutubxona ham tashkil etildi.

Qashqadaryo viloyat maktabgacha talim boshqarmasi masullari bergan malumotga kora, joriy yil viloyatda Janubiy Koreya andozasi boyicha qurilayotgan 5 ta 160 orinli va 1 ta 380 orinli bolalar bogchasi foydalanishga topshiriladi. Hozirda viloyatda 364 ta davlat bogchasi faoliyat korsatmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (5-05-2019, 10:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -