» » Sayyora Xo‘jayeva: Til bo‘yicha murojaatga mening aloqam yo‘q

Sayyora Xo‘jayeva: Til bo‘yicha murojaatga mening aloqam yo‘q


O‘zbekiston Demokratiya va inson huquqlari instituti rahbari Sayyora Xo‘jayeva Facebook’dagi sahifasida rus tiliga davlat maqomini berish taklifiga o‘zining aloqasi yo‘qligi haqida yozdi.

Qadrli do‘stlar!

Aloqam bo‘lmagan narsaga javob yozishni o‘zimga ep ko‘rmagan edim. Ammo, yemagan somsaga pul to‘lashni ham, xohlamayman.

Shu kunlarda, ijtimoiy tarmoqlarda keng muxokama qilinayotgan til masalasidagi murojatnomaga oid bahs-munozaralarga mening aloqam yo‘qligi to‘g‘risida, oydinlik kiritishni lozim deb hisoblayman. Shuning uchun, bo‘lgan voqeani boshidan batafsilroq yozishga qaror qildim.

2-may kuni menga, jurnalist-bloger Ali Qahhorov telefon qilib, rus tili bo‘yicha murojaatnomaga qo‘l qo‘yibsiz deb, shu bo‘yicha intervyu olmoqchi ekanligini ma’lum qildi. Men taajjublandim, hayron qolib, qanaqa murojaatnoma, qachon chiqqanligini va zudlik bilan, menga yuborishini iltimos qildim. U buni tasdiqlashi mumkin.

30-aprel kuni “Vesti.uz” da chiqqan murojatnomani qo‘rib, men darhol ushbu sayt rahbarini kimligini va telefonlarini qidirishga tushdim va A.V.Berezovskiy ekanligini aniqlab, ulardan, men bu hujjatni yozmaganligimni, tayyorlashda ishtirok etmaganimni va qo‘l qo‘ymaganligim sababli, murojaatchilar safidan, mening familiyamni olib tashlashni talab qildim.

A.V.Berezovskiy ham buni tasdiqlay oladi. Shunday qilib, mening familiyam, mening talabimga ko‘ra olib tashlandi.

Bundan uch oycha oldin jurnalist A.M.Xodjayev, rus tilini ahamiyati hakida fikr so‘ragan edi. Tilni bilish insonni o‘zi uchun, dunyoqarashni kengaytirish va o‘z huquqlarini qayerga borganda ham, himoya qilish uchun, muhim vosita degan fikrimni doimo aytib kelganman.

Bu gapimdan toymayman, chunki, bu fikrim fakat rus tiligagina taaluqli emas. Meni fikrimni boshqacha talqin qilib, o‘z mulohazalarini bildirgan inson uchun, men javob bermayman.

Shunday qilib, bu murojaatnomani go‘yoki men ham yozgandek tuhmatlarga qolib ketdim va menga fikr bildirayotganlar, mening sha’nimga bo‘lmag‘ur fikrlar bayon qilmoqdalar. Mening sha’nimga aytilayotgan bo‘lmag‘ur, noloyik mulohazalarni bildirayotgan shaxslar, voqeani tuzukroq va chuqqurroq o‘rgansalar, o‘z obro‘larini bunchalik to‘kmagan bo‘lar edi.

To‘g‘ri, juda qo‘p xalq orasida bo‘laman, dangalchi, to‘g‘riso‘zman, bu esa ayniqsa ayrim mansabdorlarga yoqavermaydi, lekin men islohotlarga ichim kuyganidan, xalqimiz va yurtimiz ravnaqiga befarq bo‘lmaganim uchun shunday yo‘l tutaman va ahvolni, qaysi lavozimda bo‘lishimdan qattiy nazar, tuzatishga harakat qilaman.

Ongli hayotim davomida shu xalqqa xizmat qilishni o‘zimga faxr deb bildim. Buni men ishlagan va rahbar bo‘lgan joylardagi halqdan so‘rang!

Boshqacha qilib aytganda: “Mening kimligimni - el bilsa bo‘ldi...”

Sayyora Xo‘jayeva, O‘zbekiston Demokratiya va inson huquqlari instituti rahbari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют