» » Samarqandda ruda konidan tarkibida oltin bo‘lgan toshlarni olib chiqish bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi

Samarqandda ruda konidan tarkibida oltin bo‘lgan toshlarni olib chiqish bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi


IIV transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi va Samarqand viloyati IIB xodimlari Paxtachi tumani “Qoraqo‘ton” ruda konida tezkor tadbir o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo”ga Samarqand viloyat IIB transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Joriy yil 21-apreldan 26-aprelga qadar “Qoraqo‘ton” ruda konida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida davlat shaxtalariga noqonuniy ravishda kirib, u yerdan tarkibida oltin moddasi va boshqa qimmatbaho metallar bo‘lishi mumkin bo‘lgan ruda toshlarni yashirin ravishda talon-toroj qilayotgan “Burqut” nomi bilan tanilgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olingan.

Xususan, “Aska” laqabi bilan tanilgan jinoiy guruh boshlig‘i, 1988-yilda tug‘ilgan fuqaro Asror Omonov ikki yildan buyon guruhning 4 nafar a’zosi bilan noqonuniy ravishda ruda konidan toshlarni olib chiqib ketayotganligi aniqlangan. Omonov “Shokir” ismli shaxsning yashash uyida qo‘lbola usulda yasalgan ruda toshlarni bo‘laklash va maydalashga mo‘ljallangan tegirmondan foydalanib, ularning tarkibida bo‘lgan oltin moddasini “Oybek” va “Jasur” ismli shaxslarga naqd pulga o‘tkazib kelganligi aniqlagan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirilib, ma’muriy ishlar bo‘yicha Paxtachi tuman sudining hukmiga ko‘ra 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.

Tadbir davomida “Usta” taxallusi bilan tanilgan, 1991-yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (noqonuniy ravishda tarkibida oltin moddasi bo‘lgan ruda toshlari savdosi) bilan sudlangan, Paxtachi tumani Jahonobod maxallasida yashovchi Feruz Davronovning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda tarkibida oltin moddasi va boshqa qimmatbaho metallar bo‘lishi mumkin bo‘lgan jami og‘irligi 2 tonna bo‘lgan ruda toshlari xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.

Shuningdek, “Bekki” taxallusli Bekzod Nazarovning uyidan 300 kilogramm, Laziz Bobonazarovning uyidan 800 kilogramm, Jamoliddin Mirzayevning uyidan 400 kilogramm bo‘lgan ruda toshlari topilgan. Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Paxtachi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tekshiruv jarayonida Otamurod Qodirovning yashash uyidan ruda toshlarni bo‘laklash va maydalashga mo‘ljallangan qo‘lbola usulda yasalgan tegirmon va drobilka borligi aniqlangan.

Samarqand viloyat IIB transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi xodimlari tomonidan tarkibida oltin moddasi va boshqa metallar bo‘lishi mumkin bo‘lgan ruda toshlarini o‘g‘irlagan, ruda tosh va ruda qumlar tarkibidan olingan oltin moddasini sotib oluvchi shaxslar bo‘yicha qo‘shimcha ravishda tezkor surishtiruv harakatlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют