» » Dunyodagi eng qimmat uylar qayerda va ular qanday ko‘rinishda? (foto)

Dunyodagi eng qimmat uylar qayerda va ular qanday ko‘rinishda? (foto)


Har bir inson dunyodagi eng qimmat uy qayerda joylashgani va uning ko‘rinishi qanday bo‘lishi haqida bir marta bo‘lsa ham o‘ylab ko‘rgan. Bunday uylar ko‘p. Quyida Top-8 ro‘yxatiga kirgan hashamatli uylar keltirilgan.

Bu hashamat AQShning Xempton shahrida joylashgan va 25 gektardan ortiq maydonni egallaydi. Ushbu uy 133 million dollar deb baholanadi va u biznesmen Ayra Rennertga tegishli. Uyda 29 ta yotoqxona, 39 ta hammom, tennis korti, basketbol maydoni, 3 ta basseyn hamda maydoni 100 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan oshxona bor.

Keyingi o‘rinda Oracle kompaniyasi asoschisi Larri Ellisonning uyi turadi. U Kaliforniya shtati Vud-Saydda joylashgan. Kompleks yapon uslubida qurilgan bo‘lib, 10 ta binoni o‘z ichiga oladi. 10 gektar maydonni egallagan. Hovlida sun’iy hovuz mavjud bo‘lib, unda zog‘orabaliqlar yashaydi. Shuningdek, sport maydonchasi, vanna, choyxona ham bor. Rezidensiyaning bahosi 299 million dollar deb belgilangan.

Fransiyaning Lazur qirg‘og‘ida Leopold villasi joylashgan. Qachonlardir u Belgiya qiroli Leopold IIga tegishli bo‘lgan. Shuning uchun villaga uning nomi berilgan. Hozirda saroy egasi bankirning bevasi Lili Safra hisoblanadi. Villaning qiymati 457 million dollar deb baholangan. Villa hududida katta apelsin bog‘i bor. Bir necha yil oldin villain rossiyalik oligarx sotib olmoqchi bo‘lgan, lekin inqirozdan so‘ng fikrini o‘zgartirgan.

Bu uyda 12 ta yotoqxona bor va u Kaliforniya shtatining Beverli-Xillz shahrida joylashgan. Uy egasi — texaslik milliarderning rafiqasi Syuzan Seperstayn. Uy 760 million dollar deb baholangan. Bino fransuz uslubida qurilgan, xonalar oltin va marmar bilan bir-biridan ajratilgan. Uyda katta sharob maydoni va degustatsiya zali, shuningdek, noyob kitoblar kutubxonasi va kichik teatr bor.

Hashamat Koloradoda, Aspen shahrida joylashgan. Qachonlardir u Saudiya Arabistoni shahzodasiga tegishli bo‘lgan. Hozir esa u milliarder Jon Polsonning mulki hisoblanadi. Bahosi 821 million dollar. Uyda 15 ta yotoqxona, 16 ta hammom bo‘lib, hududida xususiy suv tozlash inshootlari mavjud.

Floridada joylashgan eng qimmat uylaradan biri. Bir necha yillar oldin AQSh prezidenti Donald Trampga tegishli bo‘lgan. Lekin 2008-yilda uni rossiyalik biznesmen Dmitriy Ribolovlev sotib olgan. 950 million dollar deb baholangan bu bino hududida 15 ta yotoqxona, oltin santexnika bilan jihozlangan 15 ta hammom bor. Shuningdek, Van Gog, Pikasso va Mone rasmlariga ega galereyasi bor. Umumiy maydoni — 5,5 ming kvadrat metr.

Londonda joylashgan ushbu uy Ukraina sobiq prezidentining qizi Yelena Pinchukka tegishli. 5 qavatdan iborat uyning ikkinchi qavati uy egasining yotoqxonasi, hammomi va garderobi bilan egallangan.  Uyning bahosi — 980 million dollar.

Dunyodagi eng qimmat uy Hindistonning Mumbay shahrida joylashgan. Bino 27 qavatdan iborat. Balandligi 173 metr, umumiy maydoni 37 ming kvadrat metr. Villa hindistonlik milliarder Mukesh Ambani oilasiga tegishli. Uyda 9 ta lift, shaxsiy avtoservis, SPA salon, bir qancha basseynlar va bog‘lar bor. Tepada 3 ta vertolyot maydonchasi bor. Uy 1 milliard dollarga baholangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют