» » Ozbek bunday demaydi. Ozbek tili va adabiyoti universiteti rektori til atrofidagi bahslarga munosabat bildirdi

Ozbek bunday demaydi. Ozbek tili va adabiyoti universiteti rektori til atrofidagi bahslarga munosabat bildirdi


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Sirojiddinov rus tiliga rasmiy maqom berish borasidagi takliflar boyicha oz munosabatini bayon qildi.

Til millatning mavjudlik sharti. Millat vujud bolsa, til - uning ruhi. Shu bois ozini tanigan, ozligiga ega har bir millat ona tili rivojini hayot-mamot masalasi deb biladi. Til taraqqiysi uchun bor imkoniyatini ishga soladi. Bundan 30 yil oldin davlat tili haqida qonun qabul qilingani til taraqqiyotini huquqiy jihatdan kafolatlagan edi. Biroq otgan davr mobaynida ozbek tilining qollanish doirasini toliq taminlashga jiddiy etibor qaratilmadi. Natijada davlat tilida ish yuritish ahamiyatsizdek bolib qoldi. Buning oqibatida eski tuzum tarbiyasini olganlar bepisandlik bilan ozbek tilining qadrini yerga urish va rus tilida ish yuritishga majburladi. Ozbek ziyolilarining bezovta nolishlari va yoshlarning dod-faryodiga hech kim quloq solmadi. Ushbu tahlikali vaziyat davlatimiz rahbarlarini tashvishga solmaganmi deysiz.

2016-yilda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universitetining tashkil etilishi, Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Prezidentning Davlat maslahatchisi tomonidan 2018-yil 15-mayda tasdiqlangan Lotin yozuviga asoslangan ozbek alifbosini keng joriy etish va yanada takomillashtirish boyicha Harakatlar rejasi boyicha tizimli ishlar tashkil etilgani, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashi tomonidan bu masala alohida nazoratga olinib, 2018-yil 15-noyabrdagi Davlat tili haqidagi Ozbekiston Respublikasi Qonunining Toshkent shahrida ijro etilishini organish natijalari boyicha KK-456-Sh son qarori va shu asosda Bosh vazir tomonidan tasdiqlangan yol xaritasi bu yonalishdagi kamchiliklarni bartaraf etish davlatimiz rahbarining etiborida turganini anglatadi. Qolaversa, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universitetida lotin alifbosini takomillashtirish boyicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish boyicha tuzilgan ishchi guruhi ikki yarim yil davomida ijtimoiy tarmoqlarda keng jamoatchilik fikrini organib, chuqur ilmiy tahlillarga asoslangan takliflarini Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etgan. Yaqinda Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 7 bob, 29 moddadan iborat Ozbekiston Respublikasining Davlat tili togrisidagi Qonuni loyihasi ishlab chiqildi. Jumladan, unda 1995 yilda qabul qilingan Davlat tili haqidagi Ozbekiston Respublikasi Qonunining 2-, 7-, 8-, 10-, 13-, 16-, 18-, 19-, 20-, 21-, 22-, 24- moddalariga ozgartirish kozda tutilgan. Takidlash zarurki, Qonunning yangi tahriri huquqiy sohada va milliy qonunchilikda amalga oshirilayotgan islohotlarni ozida toliq aks ettirish hamda Davlat tili haqidagi Qonunga togridan togri amal qilish, uning ijrosini sozsiz taminlash, shu kungacha davlat va jamiyatda kozga tashlangan koplab muammolarga yechim topishga yonaltirilgani bilan ajralib turadi.

Biroq shuni tan olishimiz kerakki, bu ishlar uzoq yillar chozilib keldi. Ming afsuski, bugungi kunda ona tili taqdiri uchun qaygurish tuygusi millatimizning har bir farzandida qalb amri darajasiga kotarilgan, deya olmaymiz. Aks holda, Vesti.uz saytida olim, jurnalist, huquqshunos, sanatkor, bastakor va hokazodan iborat bir guruh ozbek ziyolilari Ozbekistonda rus tiliga rasmiy til maqomini berish taklifini ilgari surmagan bolar edi.

Murojaat nihoyatda puxta oylangan reja asosida tayyorlanganligi korinib turibdi. Bizning ogriqli nuqtalarimizga urgu berish orqali nochor qilib korsatishdan tap tortmaslik hanuz oramizda ozini fidoyi vatanparvar korsatgan milliy goyamiz dushmanlari kopligini korsatadi. Men bu orinda ularning har bir mulohazasi ketida nima anqib turganini yaxshi tasavvur qilib turibman. Aqlli tahlillardan kozlangan maqsad meni daxshatga solmoqda. Qoynimizdagi ilonlar chaqishga xezlandi. Bunga aslo yol qoyish mumkin emas! Konstitutsiya va qonunlar orqali huquqiy mustahkamlab qoyilgan ona tilimizni himoya qilish orniga bizning rus xalqi va uning tiliga bolgan chuqur hurmatimizdan foydalanib ozlarining xufiya maqsadlarini amalga oshirishga kirishganligidan ularning millati ozbek ekanligiga shubha qilib qoldim. Bu jirkanch maqsad ostida jamiyatni parokanda qilish, yurtimizda tinch-totuv yashab kelayotgan millat va elatlar ortasiga nifoq solish, ongi toliq shakllanmagan yoshlarni xayolini buzish rejalari yoq deysizmi? Rus tilini ikkinchi rasmiy til sifatida kiritish taklifi bir bahona, xolos! Bularga korsatilgan shuncha ehtirom, ezoz hayf! Bukrini gor tuzatadi, deganlari shu bolsa kerak.

Shu nuqtada ozimizda ham ayb bordek. Tezlik bilan lotin yozuviga asoslangan alifbomizni isloh etib, toliq joriy etishga shoshilishimiz, bunga qarshi bolganlarga zarba berishimiz kerak. Qozogiston bu masalani shartta hal qildi, qoydi. Biz nimani kutyapmiz? Universitet tomonidan alifboni takomillashtirish, imlo qoidalarini ishlab chiqish, Reklama togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonuniga ozgartirish kiritish haqida ilmiy asoslangan takliflar Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga kiritilgan. Amaliy ishlarga otish vaqti kelmadimi? Senat kengashi tomonidan ilgari surilgan Davlat tili togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini taminlash va davlat tilida ish yuritish hamda reklama yozuvlarini nazorat etuvchi Til inspeksiyasini tashkil etish haqidagi rejani amalga oshirish zarur. Ozbek tiliga togri va adolatli munosabatni shakllantirish, unga har tomonlama etiborni kuchaytirish, uni zamonaviy ilm-fan, internet tiliga aylantirish lozim. Shundagina xalqimizning qalbi orom topadi, buzgunchi goyalarning payi qirqiladi. Ozbekistonda ozbek tili chinakam davlat tiliga aylanadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (6-05-2019, 00:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
:
-
:
20 ... -