» » Orange2Fly va Pegasus Airlines loukosterlari Ozbekiston bozoriga kirishga tayyorlanmoqda

Orange2Fly va Pegasus Airlines loukosterlari Ozbekiston bozoriga kirishga tayyorlanmoqda


Gretsiyaning Orange2Fly hamda Turkiyaning Pegasus Airlines loukoster kompaniyalari Ozbekiston bozoriga kirishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Davlat turizm qomitasi raisining birinchi orinbosari Ulugbek Qosimxojayevga asoslanib, Podrobna.uz xabar berdi.

Orange2Fly va Pegasus Airlines bilan jiddiy ishlayapmiz, Davavianazoratva Ozbekiston havo yollari birgalikda ular bilan muzokara otkazmoqdamiz. Ushbu aviakompaniyalarda Ozbekiston bozoriga kirish boyicha reja mavjud. Shuningdek, Rossiya loukosterlari ham qiziqishini bildirmoqda. Umumiy hisobda 14 ta xorij aviakompaniyasi bilan muzokaralar otkazilmoqda, ular orasida nafaqat loukosterlar, balki KLM, Emirates Airlines, Lufthansa, Air France kabi gigantlar ham bor, deydi Ulugbek Qosimxojayev.

Uning sozlariga kora, xorij aviatashuvchilarining bu kabi qiziqish bildirishiga hozirda Ozbekiston ozining turistik brendini faol rivojlantirishga intilayotgani va shunga mos ravishda sayyohlar oqimining ortishi sabab bolmoqda.

Xorij aviakompaniyalari bizning bozorni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Nega bu sodir bolyapti? Chunki biz Ozbekistonning turistik brendini jahon miqyosida targib qilishga jiddiy kirishganmiz. Masalan, arab mamlakatlari aholisi bizning yurtimizga turistik yonalishda katta qiziqish bilrmoqda. Ushbu mamlakatlar vakillari avvallari Suriyadagi toglarga borgan bolsa, endilikda qayerga sayohat qilishga hayron. Togri, Ozarbayjon ham bor, lekin bu kichkina mamlakat. Bizda esa Boysun, Jizzax, Toshkent viloyati va Namanganda toglar bor. Bizda tortta yirik tog klasteri mavjud, deydi Davlat turizm qomitasi raisining birinchi orinbosari.



Manba: Daryo.uz
: admin (6-05-2019, 11:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 7) ( 0) ( 5) ( 2)
:
-
:
20 ... -