» » Shavkat Mirziyoyev: Xotin-qizlar qo‘mitasi tasarrufida ipakdan mahsulotlar tayyorlash bo‘yicha klasterlar tashkil etish kerak

Shavkat Mirziyoyev: Xotin-qizlar qo‘mitasi tasarrufida ipakdan mahsulotlar tayyorlash bo‘yicha klasterlar tashkil etish kerak


Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanidagi “Ipak gilamlar” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ikki qavatli binoda xotin-qizlar uchun zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Turkiyadan zarur uskunalar olib kelinib, yiliga 9 milliard so‘mlik 500 kvadrat metr ipak gilam ishlab chiqarish quvvati tashkil etilgan.

Bugun bu yerda 200 nafar xotin-qiz ishlamoqda. Mahsulotlar AQSh, Turkiya, Rossiya, Eron va boshqa mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

Ipakdan to‘qilgan gilamlarning noyobligi shundaki, yillar o‘tsa ham xususiyatini yo‘qotmaydi, aksincha, rangi yanada ochilib boradi. Shuning uchun bunday gilamlarning o‘lchami kichik bo‘lsa-da, jahon bozorida juda qimmat hisoblanadi. Devoriy suratcha keladigan birgina gilamcha 500 dollargacha sotilishi mumkin.

Shu bois korxonada eksportni yiliga 500 ming dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Davlat rahbari korxona faoliyatini yanada kengaytirish, bu yerni Farg‘ona turizm yo‘nalishiga kiritish, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlarda uning rastalarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

— Bunday korxonalar ham iqtisodiy, ham ijtimoiy jihatdan juda zarur. Birinchidan, yuzlab xotin-qizlar ish bilan ta’minlanadi. Ikkinchidan, yurtimizda bu sohada an’ana, katta imkoniyat bor. Mintaqa davlatlariga, tashqi bozorlarga esa yo‘llar ochiq. Shuning uchun Xotin-qizlar qo‘mitasi tasarrufida ipakdan mahsulotlar tayyorlash bo‘yicha klasterlar tashkil etish kerak. Shunda xomashyo yetkazish ham barqaror bo‘ladi, tannarx ham tushadi. Pilla boqishdan to tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonda minglab xotin-qizlar ishlaydi. Ishlagan ayolning turmushi, dunyoqarashi, farzand tarbiyasiga e’tibori ham boshqacha bo‘ladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mutasaddilarga bu borada tegishli qaror loyihasi ishlab chiqish, xotin-qizlar uchun ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют