» » Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Singapurning mashhur kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Singapurning mashhur kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi


Singapurdagi Sovereign Wallet aksiyadorlik kompaniyasi bosh ijrochi direktori  Seokgu Yun boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi.  Bu haqda O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va SovereignWallet network Pte.Ltd., o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

SovereignWallet tarmog‘i banklarga qaram bo‘lmagan o‘zini-o‘zi mustaqil moliyalashtiruvchi mijozlar uchun SovereignWallet mobil qurilmalarda sodda,  xavfsiz,  Ethereum blockchain platformasiga asoslangan menejment va kommunikatsion yechimlarni taqdim etuvchi kompaniya hisoblanadi.

Singapur kompaniyasi va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti o‘rtasida imzolangan memorandumda universitetda axborot texnologiyalari va sanoatda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga Blockchain tadqiqot dasturi bo‘yicha ta’lim berish, shuningdek, universitet va Sovereign Wallet o‘rtasida malaka va tajriba almashish,  o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 60) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют