» » Toshkentda gidrometeorologiya boshqarmasini tashkil etish rejalashtirilmoqda

Toshkentda gidrometeorologiya boshqarmasini tashkil etish rejalashtirilmoqda


Toshkentda gidrometeorologiya boshqarmasini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, kuzatuv gidrometeorologik tarmogini kengaytirish maqsadida ToshkentVostochniy aviameteostansiyasi, Amirsoy, Beldersoy, Orzu va Chodak qorkochki stansiyalari, Nurafshon, Ohangaron, Guliston, Zamin va Sangardak meteorologiya stansiyalarini, shuningdek, 12 ta agrometeorologiya postlarni ochish taklif etilgan.

Bundan tashqari, 20192025-yillar uchun Ozbekistonning gidrometeorologiya xizmati innovatsion rivojlanish konsepsiyasini va uni amalga oshirish uchun yol xaritasini tasdiqlash rejalashtirilgan.

Loyihada Ozbekistonning gidrometeorologiya xizmatining davlat organlari va tashkilotlari bilan ozaro munosabatlari belgilovchi maqomining yoqligi, bu esa gidrometeorologik faoliyatni tartibga solish va davlat va xususiy sektorga gidrometeorologiya xizmatlarini korsatish uchun huquqiy asos yaratish imkonini bermasligi aytib otilgan.

Ozgidromet hududiy bolinmalarining yetarlicha rivojlanmaganligi prognozlarni tayyorlash va xavfli hodisalarni kuzatishda boshqaruvni ortiqcha markazlashtirishga olib kelgan.

Bundan tashqari, qorkochki stansiyalarining hozirgi miqdori togli hududlarda tizimli prognostika va kochkiga qarshi choralarni taminlamaydi.



Manba: Daryo.uz
: admin (6-05-2019, 21:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -