» » Toshkentda MDH gidrometeorologiya bo‘yicha Davlatlararo kengashining 29-sessiyasi ish boshladi

Toshkentda MDH gidrometeorologiya bo‘yicha Davlatlararo kengashining 29-sessiyasi ish boshladi


Toshkentda MDH gidrometeorologiya bo‘yicha Davlatlararo kengashining 29-sessiyasi ish boshladi. Unda MDH davlatlarining milliy gidrometeorologiya xizmatlari (MGMX) delegatsiyasi, shuningdek, kuzatuvchi sifatida Xalqaro meteorologik tashkilot vakillari tashkilotning bosh kotibi boshchiligida ishtirok etmoqda. Bu haqda mamalakat FVV matbuot xizmatiga tayanib, “Kommersant.uz” xabar berdi.

MDH davlatlarining MGMXlarini o‘zaro hamkorligi, shuningdek, davlat organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi jamiyatga ob-havo, suv va iqlim bo‘yicha keng qamrovli ma’lumotlarga asoslangan holda yanada yaxshiroq qaror qabul qilishlarida yordam beradi.

Gidrometeorologiya kengashi gidrometeorologik ma’lumotlarni o‘z vaqtida olish va ulardan foydalanish uchun tuzilgan.

Kengash oldida turgan asosiy vazifalardan biri — MDHga a’zo davlatlarning gidrometeorologik faoliyatini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishdan iborat bo‘lib, bu fuqarolar va Hamdo‘stlik iqtisodiyotini gidrometerologik xarakterdagi tabiiy xavflarda, ob-havo va iqlim sharoitidagi global o‘zgarishlardan hamda boshqa salbiy gidrometeorologik va geliogeofizik jarayonlardan himoya qilish bo‘yicha birgalikdagi chora-tadbirlarni qabul qilishni nazarda tutadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-10-2017, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют