» » “O‘zstandart”: Bozorlarimiz sifatsiz mahsulotlar bilan to‘lib-toshib yotibdi

“O‘zstandart”: Bozorlarimiz sifatsiz mahsulotlar bilan to‘lib-toshib yotibdi


Toshkent shahrida 6-may kuni “O‘zstandart” agentligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ichki bozorlarda sifatsiz va iste’molga yaroqsiz mahsulotlar ko‘p uchrayotgani ta’kidlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Agentlikning Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Abdurauf Rasulovning aytishicha, ayrim “tadbirkorlar” tomonidan sifatsiz mahsulotlarni chetdan olib kirib, ularni ichki iste’mol bozorlarida sotish holatlari uchrab turibdi.

“Agentlik xodimlari vakolatli organlari bilan kelishgan holda ‘xavf tahlili’ni baholash nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Chunki bozorlarimiz sifatsiz mahsulotlari bilan to‘lib-toshib yotibdi. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, ko‘proq sut va sut mahsulotlari, ko‘k no‘xat kabi oziq-ovqat mahsulotlari me’yoriy hujjatlar talablariga nomuvofiqligi aniqlangan”, — dedi Abdurauf Rasulov

Tahlillar natijasiga ko‘ra, 2018-yilda sertifikatlashtirish idoralari tomonidan 82 milliard so‘mlik mahsulotlar amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga nomuvofiqligi aniqlangan. Shundan 5 milliard so‘mlik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari Qozog‘iston, Gruziya, Pokiston va Rossiyadan import qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют