» » Endi “Turon” teatriga davlat muassasasi maqomi berildi

Endi “Turon” teatriga davlat muassasasi maqomi berildi


Endi “Turon” teatriga davlat muassasasi maqomi berildi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi “Turon” teatr studiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda e’lon qilindi, bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Qarorga ko‘ra, “Turon” teatri “Turon” harbiy teatri davlat muassasasiga aylantirildi va teatrning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

— milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi asarlarini, shuningdek, o‘zbek xalqining boy madaniyatini, buyuk ajdodlarimiz merosini, urf-odatlarimizni, ota-bobolarimiz hamda zamondoshlarimizning yurt tinchligi va osoyishtaligi yo‘lidagi jasoratini madh etuvchi, xalq va armiya birligini, Vatanga muhabbat va harbiy qasamyodga sodiqlikni tarannum etuvchi badiiy asarlarni targ‘ib qilish;

— o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviyatini va ularning san’atga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish, yoshlarga o‘zbek milliy teatr san’ati tarixi asoslarini, teatr san’ati yordamida madaniy-ma’rifiy va ijodiy-badiiy sohalarda erishilgan yutuqlarni tanishtirish;

— yoshlarning jodiy faolligini rivojlantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, teatr san’atiga yangi usullarni milliy ruhga moslashtirgan holda joriy etish;

o‘zida vatanparvarlik, insoniylik va milliylik, buyuk ajdodlarimizning tarixini aks ettirgan spektakllarni namoyish etish;

— turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, gastrollar, tanlovlar, taniqli san’at arboblari bilan uchrashuvlar va forumlar, rejissyor va aktyorlar uchun mahorat darslari va o‘quv treninglarini tashkil etish, yoshlarga jahon madaniyati va san’atining yorqin namunalarini tanishtirish orqali ularning ma’naviy o‘sishiga qo‘maklashish;

— davlat va jamiyatda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari obro‘sini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘rtasida harbiy xizmatning jozibadorligini oshirishda ishtirok etish;

— O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlari shaxsiy tarkibini Vatanga muhabbat, konstitutsion va harbiy burchga sadoqat ruhida tarbiyalashga ko‘maklashish, harbiy xizmatchilarda yuksak ma’naviy-axloqiy xususiyatlarni shakllantirish va rivojlantirish;

— harby xizmatchilar va ularning oila a’zolarining ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, ularni badiiy ijodga faol jalb qilish.

Yuksak badiiy saviyaga ega spektakllari bilan allaqachon harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ko‘nglidan joy olib ulgurgan “Turon” teatri bu maqomga jamoaning tinimsiz izlanishi va mehnati tufayli sazovor bo‘lgani ayniqsa, e’tirofga loyiq. Jamoa bundan buyon ham ijodiy izlanishdan to‘xtamay eng sara asarlarini ommaga taqdim qilishiga ishonchimiz komil. Yuqoridagi qaror bu borada ularga o‘ziga xos dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 73) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют